1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Oqava suvlarni tozalashda qo‘llaniladigan biofiltrlar


Download 1.76 Mb.
bet47/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Oqava suvlarni tozalashda qo‘llaniladigan biofiltrlar

Biofiltrlar pishiq g‘ishtdan yoki temir-betondan qurilgan inshootdir. Inshootning vazifasi uncha ko‘p bo‘lmagan chiqindi suvlarni tozalashdir. Biofiltrlar qurish uchun kichikroq er maydoni tanlanadi. Biofiltrlar qishin-yozin ishlaydigan, sun’iy ravishda temir betondan qurilgan biologik tozalash inshootidir.

Biofiltrlarda oksigen qatnashishi sababli biokimyoviy jarayon jadal kechadi, oqibatda chiqindi suv tarkibidagi organik moddalar tez parchalanib mineralizatsiyaga uchraydi, mikrob qiriladi, gelmint tuxumlari ham jonsizlanadi.

Biofiltr to‘rt burchak yoki yumaloq shakldagi bo‘shliq bo‘lib, uning ichi filtrlovchi material bilan to‘ldiriladi. Bunday materiallar g‘ovak, engil, havo o‘tkazadigan, parchalanmaydigan bo‘lgani ma’qul. Ko‘mir shlaki, koks, shag‘al, maydalangan tosh, kuydirilgan keramzit shunday material bo‘lishi mumkin.

Filtr material ustida suvni bir xil taqsimlovchi truba va ularga ulangan suvni sochib beradigan sprinklar bo‘ladi. Sprinklar sistemasi suvni taqsimlovchi bak, tarqatuvchi truboprovodlar va sprinklardan iborat.Biofiltrning eng pastki qavati 0,2 metr, filtr materiallarining diametri 50-70 mm, ustki qavatining qalniligi – 1,8 metr, filtr materiallarining diametri esa 30-40 mm.ga teng.

Amerika Qo‘shma SHtatlari, Kanada,Germaniya va boshqa mamlakatlarda biofiltrni to‘ldirish uchun plastmassadan tayyorlangan, kattaligi 0,6x0,6x12 m. yoki 0,3x0,3x1,2 metrli g‘ovak qurilmalardan foydalaniladi. Material engil, ularni tashish va biofiltrga o‘rnatish anchagina qulay bo‘lib, qurilma tarkibidagi g‘ovak bo‘shliq 97% ni tashkil etadi, shlakdagi g‘ovaklar 45% ni tashkil qiladi. Bunday sun’iy plastmassadan tayyorlangan filtrlash materiallari chiqindi suvlarning oksidlanishi uchun yaxshi sharoit tug‘diradi.



Biofiltrlar chiqindi suvlarni faqatgina mexanik yo‘l bilan tozalangandan so‘ng qabul qiladi.

Biofiltr dastlab filtrlovchi materiallar bilan to‘ldirilgandan so‘ng organik moddalar, mikroblar bilan to‘yintiriladi.






Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling