1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja
-MAVZU. EKOSESTIMALAR EKOTIZIM VA ULARNING TASNIFLANISHI
Download 1.76 Mb.
|
ekalogiya1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekotizim va ularning tuzilishi. Ekotizim
4-MAVZU. EKOSESTIMALAR EKOTIZIM VA ULARNING TASNIFLANISHI.
REJA: Ekotizim va ularning tuzilishi. Ekosistemalarning biologik mahsuldorligi. Ekosistemalar dinamikasi. Quruqlik va suv ekosistemalarining tuzilishi. Tayanch iboralar: ekotizim, produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar,biogeotsenoz, ozuqa zanjiri, biologik mahsuldorlik,swsiklik o‘zgarishlar, tasodifiy o‘zgarishlar, suksessiya, bentos, perifiton, plankton, neyston, nekton, substrat xarakter. Ekotizim va ularning tuzilishi. Ekotizim deb birga yashovchi har xil organizmlar va ularning yashash muhiti orasidagi qonuniyatli bog‘lanishga aytiladi. Bunga o‘rmon, o‘tloq, ko‘l va boshqalar misol bo‘ladi. Organizmlar va anorganik komponentlar birligida, modda almashinuvini amalga oshiradi. SHu tarzda ekologik sistema tashkil topadi. «Ekosistema» tushunchasi ilk bor ingliz ekologi A. Tensli (1935) tomonidan qo‘llanildi. U ekosistemalarni tabiatning er yuzidagi eng asosiy birligi deb hisobladi. Modda aylanishinig amalga oshishi uchun anorganik moddalar va yana 3 ekologik guruh organizmlari—produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar bo‘lishi lozim. Produtsentlar—bu avtotrof organizmlar bo‘lib, anorganik birikmalaridan foydalanadi. Konsumentlar—bu geterotrof organizmlar bo‘lib, produtsentlar va boshqa konsumentlar hosil qilgan organik moddalardan foydalanadi. Redutsentlar—organik moddalar hisobiga yashaydi va ular moddalarni qayta o‘zlashtiriladigan birikmalarga aylantiradi. Tabiatda turli ekosistemalar uchraydi. Masalan daraxtlardagi lishayniklar yostiqchasi, yoki kichikroq muvaqqat suv havzasi, o‘tloq, o‘rmon, dasht, cho‘l, okean, butun er yuzining hayot bilan band qismi. Ekosistema va biogeotsenoz terminlari bir—biriga yaqindir. "Ekosistema" modda almashinuvi amalga oshib turadigan sistemani bildiradi. Moddalar aylanishi va organizmlarning ekosistemadagi hayoti, doimiy ravishda ularni ta’minlanib turadigan energiya oqimiga bog‘liq. Erdagi butun hayot quyosh nurlari energiyasi yordamida davom etadi. Bunda fotosintez yordamida organik birikmalarning kimyoviy bog‘lanishlari hosil bo‘ladi. Ozuqa zanjiri deganda biz nimani tushunamiz? Jamoalardagi ozuqa zanjiri bu energiyaning bir organizmdan ikkinchisiga berilish ketma—ketligidir. «O‘simlik-xashorat-baqa-ilon-kalxat» ozuqa zanjirida birinchi bo‘g‘indan keyingilariga qarab biomassa kamayib boradi. Ekosistemalar oziq to‘rlari orqali o‘zaro bog‘langandir. Konsumentlar tomonidan qabul qilingan ozuqalar to‘liq o‘zlashtirilmaydi va uning ma’lum bir qismi tashqi muhitga qaytariladi. Hayvonlarda ozuqa moddalarning o‘zlashtirilishi 30% dan 70% gachani tashkil qiladi. Energiyaning ko‘p qismi nafas olishda sarflanadi. Qabul qilingan ovqatning oz qismi organizmlarning o‘sishiga ketadi. Ekosistemaning hayoti faqat energiya oqimiga bog‘liq bo‘lib, u quyosh nuri yoki tayyor organik moddalar hisobiga ta’minlanadi. Ekosistemalardagi konsumentlarga energiya oqimi o‘simliklarning tirik to‘qimalari yoki o‘lik organik moddalar zapasi orqali kiradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling