1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Download 1.76 Mb.
bet19/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

3. Ekosistemalar dinamikasi.

Har bir ekosistemada doimo undagi organizmlarning hayotiy rivojlanishi va populyasiyalarining o‘zgarishi kuzatiladi.

O‘zgarishlar 2 xil:

1. siklik o‘zgarishlar;

2. tasodifiy o‘zgarishlar.

Bunday o‘zgarishlar sutka va mavsum davomida hamda tashqi muhit bilan bo‘lib turadigan davriylikka ega o‘zgarishlar bo‘lib, ular organizmlarning ichki ritmi o‘zgarishlarida o‘z aksini topadi. Biotsenozda sutka davomida sodir bo‘lib turadigan o‘zgarishlar kun va tun davomidagi havo temperaturasi, namlik va boshqa omillar o‘zgarishiga kuchli bog‘liqdir. O‘rta Osiyoning qumlik cho‘llarida, tush paytlarida hayot to‘xtaganga o‘xshab tuyuladi. Hayvonlar quyoshdan inlarida yashirinib, kechasi faollashadi. Tunda qo‘ng‘iz, sichqon, chayon, ilon, o‘rgimchak, tulkilar tez harakat qiladi. Yilning ma’lum vaqtida ko‘p turlar chuqur tinimga ketadi.

Davriy o‘zgarish o‘simliklarning yaruslar bo‘ylab tarqalishida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, bir yillik o‘simliklar erta bahoridagi yarusda o‘sib, yoz kelganda butunlay qurib qoladi.

Biotsenozdagi ko‘p yillik o‘zgarishlar yillar davomida meteorologik sharoitning o‘zgarishiga bog‘liq. Bundan tashqari, u yana edifikator o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar, hayvonlar hamda patogen mikroorganizmlarning ko‘payishiga bog‘liq.

1953-yilda chigirtkalarning ko‘payib ketishi natijasida o‘simliklar jamoasiga kuchli zarar etdi. Ular o‘shanda yumshoq g‘allasimon o‘simliklarni: pirey, koster, tipchakning 80 — 90% ni eb bitirdi. Bu davrda, chigirtka emaydigan o‘tlar esa o‘sib ko‘payib ketdi.

Fitotsenoz yoki o‘simliklar jamoasidagi o‘zgarishlar edifikator o‘simliklar hayotiga bog‘liq.

Jamoalarda qonuniy ravishda bir yo‘nalishda jonli organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va ularni o‘rab olgan muhit bilan bo‘ladigan munosabatlar tufayli sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni suksessiya deb yuritiladi. «Suksessiya»— lotincha so‘z bo‘lib «izchillik» yoki «meros bo‘lib qolmoq» va «irsiy belgi» degan ma’nolarni bildiradi. Biologik aylanishning to‘liq emasligi suksessiyaning asosini tashkil etadi.

P.D. YAroshenko jamoalarning o‘zgarishini boshqacharoq tushuntirishga harakat qildi va suksessiyalarni quyidagicha bo‘ldi:

A. Tabiiy o‘zgarishlar.

1. Ketma —ket bo‘ladigan:

a) endoekogenetik va b) gologenetik

2. Tasodifiy o‘zgarishlar

B. Antropogen o‘zgarishlar

1. Ketma — ket bo‘ladigan

2. Tasodifiy o‘zgarishlar.

Suksessiyalar davomida turlar o‘rtasidagi raqobat, munosabatlar tufayli asta —sekin barqaror kombinatsiyalar sodir bo‘ladi.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling