1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Mavzu:Biosfera tasnifi va chegaralari


Download 1.76 Mb.
bet21/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

5 Mavzu:Biosfera tasnifi va chegaralari

Reja:

  • Biosfera tasnifi va chegaralari.

  • Biosferada hayotning paydo bo‘lishi.

  • Biosfcraning tirik moddalari.

  • Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari.

Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi, tabiat va uning turli yo‘nalishdagi fanlarining kelib chiqishiga olib keldi. Tabiatni o‘rganish borasida Aristotel, Al Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo, Leonardo da Vinchi, Galiley, Kopernik, M.V. Lomonosov, J.L. Byuffon, J.B. Lamark, A. Gumbold, CH. Darvin, V.V. Dokuchaev, V.I. Vernadskiy, vatandoshlarimiz Qori Niyoziy, Habib Abdullaev, Tesha Zohidov, Ahror Muzaffarov, Qodir Zokirov kabilarning xizmati beqiyosdir.

Katta tabiatshunos olim J.B. Lamark (1744-1829) birinchi marta «Biosfera» atamasini fanga kiritib, uning asl ma’nosini hayot tarqalgan joy va Er yuzasida bo‘layotgan jarayonlarga tirik organizmlar ta’siri, deb ifodalaydi. Avstriyalik geolog olim e. Zyuss 1875-yili Lamarkdan keyin «Biosfera» terminini ikkinchi bora fanga kiritadi va Erda tarqalgan maxsus qobiq deb izoh beradi.

Er yuzida tirik organizmlar ko‘p, ular xilma-xil va turli hududlarda tarqalgan. Er yuzasining hayot tarqalgan qismi biosfera bo‘lib, unga tirik organizmlar ta’sir qiladi. Biosfera sayyoraning eng katta ekosistemasi sifatida ham qaraladi.

Biosfera, odatda, uch qatlamdan, ya’ni ustki qatlam -litosfera, yuqori qatlam - atmosfera, suv qobig‘i - gidrosferadan iborat. SHunday qilib, biosfera Er shari (atmosfera, litosfera, gidrosfera)ning organizmlar tarqalgan qismi bo‘lib, tarkibi, tuzilishi o‘zgarib turish xususiyatiga egadir.

Erda hayotning paydo bo‘lishi bilan biosfera hosil bo‘lgan va sayyorada tiriklikning umumiy rivojlanishi boshlangan. Erda hayotning paydo bo‘lishi bundan 3-4 mlrd. yil awal deb ta’riflanadi.

Biosferaning quruqlik va suv qismlarida tirik organizmlar tarqalgan, havoda esa faqat sista, sporalargina uzoq vaqtgacha turishi mumkin, lekin ular ham biror-bir substrat ustida, ozuqa bor joydagina rivojlanadi (tuproq yoki suv muhiti). Biosferaning ustki qatlami atmosferadan azon qatlamigacha 25-35 km qalinlik, balandlikni egallaydi, shu qatlamning 10-15 km balandligida bakteriyalar, sporalar, zamburug‘, sodda tuzilgan boshqa organizmlar, ularning qismlari bo‘lishi mumkin. Biosferaning bu qatlami azon qatlami bilan tutashadi; azon qatlami o‘ziga xos ekran bo‘lib, tirik organizmlarni ultrafiolet va boshqa kosmik nurlardan saqlaydi. Bu qatlamlar dengiz sathidan 20-50 km yuqoridadir.

Er usti muhitida uchraydigan organizmlarning ko‘pchiligi havoga, Er ustidan 50-100 m balandlikka ko‘tarilishi mumkin. Ayrim qushlar 1000-3000 m balandlikda uchsa, sayyoraning yuqori tog‘, tog‘ yonbag‘irlarida ko‘pchilik o‘simlik va hayvonlar 4-6,5 km balandlikda yashashga moslashgan. Ular shunday balandlikda past bosim, kislorod va havoda namlikning kamligi, suyuq suvning yo‘qligiga adaptatsiya qilgan. Tog‘ qo‘ylar (Ovis ammon)\ va quyonlar (Lepus tibetanus)ning ayrim turlari 5-5,5 km balandlikda, yuqori tog‘ alp zog‘chalar (Pyrrhocorax pyrrhocorax) hattoki 8,2 km balandlikdagi qoyalarda uchraydi.

Biosferaning pastki chegarasi litosfera bo‘lib, unda tiriklik 2-3 km chuqurlikkacha tarqalgan: neft topilgan shunday chuqurliklarda turli mikroorganizmlar borligi aniqlangan. Litosferada asosiy hayot qatlami 1-3 m chuqurlikkacha boradi, daraxtlarning ildizlari 8-10 m, yantoq o‘simligi ildizi 15-18 m, ayrim o‘simliklarning ildizlari 52 m chuqurlikkacha boradi. Er kavlovchi hayvonlarning ini (sug‘urlar, bo‘rsiqlar) 6-7 m, hasharotlardan termitlar 6 m chuqurlikkacha etadi.

Litosfera ustidagi organizmlarning asosiy massasi tuproqning I m qalinligida joylashgan. Gidrosferada organizmlar maksimal tarqalgan. Ayrim mikroorganizmlar, sodda tuzilgan umurtqasizlar va ko‘r baliqlar 10-11 km chuqurlikda ham uchraydi (Tinch okeanning Tuskaror chuqurligida), dengiz o‘simliklari va o‘simlikxo‘r hayvonlar 300-500 m chuqurlikkacha tarqalgan.

Biosferada uchraydigan suv havzalaridan ayrimlari haddan ortiq sho‘r bo‘lganligi tufayli ularda hayvonlar uchramaydi. Bunday suv muhitlaridan O‘lik dengiz (suvining sho‘rligi 23%o), Armanistondagi tuz ko‘li (sho‘rligi 32%o), okeanlarning 10-11 km chuqur tublari yoki Turkiston hududidagi ayrim sho‘r, nomakob ko‘llarda (suvning sho‘rligi 230-280 g/1) ham hayot kam. Umurtqali hayvonlar mutloq uchramaydi. Xlor konsentratsiyasining ko‘pligi tufayli mutloq tiriklik yo‘q suv havzalari sayyorada 1-2 tani tashkil qiladi, xolos.

Suv muhitining katta chuqurliklarida geterotrof organizmlar uchrab, ular organik moddalar bilan oziqlanadi. Masalan, 6000 m va undan chuqur (8-11 km)da pogonoforalar (Pogonofora) va ba’zi chuvalchanglar (Annelides), poliplar (Umbelliludne), ayrim ko‘r baliqlar uchraydi.

SHunday qilib, biosfera atmosferaning pastki qismi, litosferaning ustki qismi va to‘la gidrosferadan iboratdir




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling