1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari


Download 1.76 Mb.
bet24/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Biosferadagi tirik moddalarning funksiyalari va geoximik sikllari. Biosferadagi jamiki kimyoviy o‘zgarishlarni tirik moddalar boshqarib turadi. Sayyoradagi tirik moddalarning 5 ta asosiy funksiyalari bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

I.Energetik funksiya - bu biosferaning boshqa sayyoralar bilan bog‘liqligidir, ya’ni o‘simliklar quyosh nurini qabul qilib, fotosintez jarayoni o‘tishi, quyosh energiyasi to‘plashi, organik moddalar hosil qilishi va uning biosfera komponentlari o‘rtasida taqsimlanishi; ikkinchi tomondan qushlar va boshqa hayvonlarning Oy, yulduzlarga orientatsiya qilib, raigratsiya jarayonini o‘tishidir;

II.Gazli funksiya, bunda gazlarning migratsiyasi va ularning almashinishi natijasida biosfera gaz tarkibi ta’minlanadi. Tirik moddalarning funksiya qilishida azot, kislorod, CO2, serovodorod, metan va boshqa gazlar hosil bo‘ladi;

III.Konsentratsiya-to‘planish funksiyasida tirik organizmlar atrof-muhitdan biogen, mineral elementlarni oladi va o‘z tanalarida to‘playdi. SHu sababli azot, kalsiy, kaliy, natriy, magniy, alyuminiy va boshqa elementlarning miqdori muhitga qaraganda organizmlar tanasida yuqori bo‘lganligi sababli biosferaning kimyoviy tarkibi bir xil emas;

IV.Oksidlanish va tiklanish funksiyasi. Oksidlanish jarayonida moddalar kimyoviy o‘zgaradi, ularning atomlari o‘zgaradi, ko‘pchilik kimyoviy birikmalar oksidlanadi, bir fbrmadan ikkinchi ko‘rinishga o‘tishda biogen moddalarning oksidlanishi va tiklanishi ko‘proq kuzatiladi;

V.Destruksiya funksiyasi, bu tirik moddalar (organizm-lar)ning o‘lgandan keyin chirish, parchalanish va organik moddalarning mineralizatsiyalanishidan iboratdir, ya’ni tirik moddalardan biosferaning biogen va biokos moddalari hosil bo‘ladi.




Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling