1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Download 1.76 Mb.
bet23/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Biosfcraning tirik moddalari. Biosferaning tirik moddalari - unda uchraydigan tirik organizmlar va ularning kimyoviy tarkibidir. Tirik organizmlarning umumiy kimyoviy tarkibi atmosfera va litosferaning tarkibidan farq qilsa ham vodorod, kislorod atomlari bo‘yicha gidrosferaga yaqin, lekin uglerod, kalsiy, azot miqdorlariga qarab, undan farqlanadi. Tirik moddalar suv, havo, er migrant elementlaridan tashkil topgan bo‘lib, ular gazsimon va erigan holda bo‘ladi. Masalan, organizmlarning 99,9% massasi Er qa’rida uchraydigan 98,9% ini tashkil qiladigan 14 ta elementlardan iborat. Bu hayot Er qobig‘ining kimyoviy birikmalaridan iborat ekanligidan dalolat beradi va organizmlarda Mendeleev jadvalidagi hamma elementlar topilganigini tasdiqlaydi.

V. I. Vernadskiy fikricha, koinotning eng aktiv materiyasi tirik moddalardir. Muhitning optimal sharoitida (harorat 20°C, normal suv ta’minoti, CO2 va mineral moddalar) o‘simliklar fotosintez jarayonida 4-5% quyosh energiyasidan (FAR) foydalanadi. YOz faslining kun o‘rtasida o‘simlik barglari 8% gacha FAR, 45% gacha infraqizil nurlarni qaytaradi va 25% gacha nurlar barg va shoxlar orasidan o‘tib, pastki yaruslardagi barglar, o‘simliklar tomonidan foydalaniladi.

O‘simliklar bargi qabul qilgan quyosh energiyasining turli jarayonlar va reaksiyalarni o‘tishda quyidagicha foydalanadi, ya’ni: 1) energiyaning bir qismi (1%) fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarda to‘planadi; 2) YAna bir qismi (5% atrofida) bargning qizishi va issiqlik chiqarishga sarflanadi; 3) Bir qismi issiqlikka aylanib, transpiratsiya jarayonida sarflanadi. Er yuzida tirik organizmlar hosil qilgan biomassa 1,4«1012 tonnadan 3,O1012 tonna quruq modda miqdorida hisoblanadi. SHundan 2,42«1012 tonna quruqlikdagi organizmlar va 0,003«1012 tonna suv

organizmlari hisobiga yuzaga keladi. Avtotrof organizmlarning o‘rtacha ko‘p yillik biomassasi biosfera bo‘yicha 2,4*1012 tonna, hayvonlarniki esa 0,023«1012 tonnani tashkil qiladi (Sitnik va boshqalar, 1987). Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoradagi avtotroflarning umumiy mahsuloti yiliga 176*109 tonna quruq moddani tashkil qiladi, shundan o‘rmonlar fitomassasi 1509 mlrd. t quruq massa yoki Er yuzi o‘simliklari hosil qiladigan biomassaning 85% ini tashkil qiladi (Bogorov, Ryabchikov, 1969). Biosferada o‘simliklar hosil qilgan fitomassa asosan o‘simlikxo‘r hayvonlar tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘zlashtirilgan fitomassaning 10%i o‘txo‘r hayvon biomassasini hosil qilishga ketib, qolgani chiqindi sifatida muhitga chiqariladi, inson ham o‘rtacha 10% hayvon to‘qimasidan to‘plangan energiyani oladi.

Er yuzi bo‘yicha birlamchi mahsulotning taqsimlanishi -bu biosferaning asosiy funksiyasi, tirik moddalar hosil bo‘lishi va ularda energiyaning to‘planishi hisoblanadi. Biosferaning turli hududlarida yil davomida bir gektar maydonda 2-4 tonnadan 350-400 tonnagacha fitomassa hosil qiladi.

Dunyo okeanida fitoplanktonning massasi 1,7 mlrd.t , hayvonlarning massasi esa 32,5 mlrd.t ni tashkil etadi. Dengizlarning ochiq qismi mahsuldorligi juda past, kuniga 0,1-0,5 g/m2, korall riflarda esa 20 g/m2 massa hosil bo‘ladi. Hamma okeanlarning o‘rtacha yillik mahsuloti 15 mlrd. t uglerod hisobida, organik moddalar hisobida yiliga 30 mlrd. t hosil bo‘ladi.

Biosferaning umumiy birlamchi mahsuldorligi 83 mlrd. t organik moddaga tengdir. SHundan 53 mlrd. tonnani quruqlik ekosistemalari bersa, 30 mlrd. tonna dengiz biosistemalarida hosil bo‘ladi.

Tabiiy sharoitlarda katta hayvonlarning biomassasi ko‘p emas, masalan, Afrika savannalarida katta hayvonlar biomassasi 15-25 t/km2, mo‘tadil hudud o‘rmonlarida 1 t/km2, tundrada esa 0,8 t/km2.

Biosfera zoomassasi 20 mlrd. t quruq modda atrofida belgilanadi, uning 3,5 mlrd. tonnasi okean hayvonlari hisobiga to‘g‘ri keladi. Sayyoradagi insonlar umumiy biomassasi o‘rtacha 201 mln. t atrofidadir. Er yuzidagi 6,3-6,5 mlrd. odamning bar biri kuniga 2500-3000 kkal energiya olishi kerak. SHunda Er yuzi aholisining yillik oladigan energiyasi 2,8*1015 - 2,9-1015 kkal. dan ortib ketadi.

Sayyoradagi har bir odamga 2500-3000 kkal energiya berish uchun unga 0,6 gektar maydonda mahsulot etishtirish kerak. SHundagina to‘g‘ri trofik xalqalar yuzaga keladi. Er yuzi aholisini ozuqa energiyasi bilan ta’minlash uchun 1,2-1,4 mlrd. gektar qishloq xo‘jalik erlaridan 2,4«10121 mahsulot olish kerak. Qishloq xo‘jalikda etishtiriladigan 8,7 mlrd. organik moddalar biosferada etishadigan mahsulotning bir qismidir.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling