1 Mavzu: Tabiat-inson-jamiyat munosabatlari va ekologik xavfsizlik. Reja


Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi


Download 1.76 Mb.
bet14/82
Sana02.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#190183
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82
Bog'liq
ekalogiya1

Hayvonlar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzulishi. Hayvonlarning ko‘payish xususiyatlariga ko‘ra, ularning populyatsiya a’zolari bir yoki bir necha generatsiyataaluqli bo‘lishi mumkin.

Turli generatsiyalardan hosil bo‘ladigan tur vakillari ikki: hayotda bir marta va ko‘p marta ko‘payadigan guruhlarga bo‘linadi. Hayotda bir marta ko‘payadigan hayvonlarga hashoratlardan xonqizi kiradi. Har yili generatsiyadan keyin o‘z hayot siklini tomomlaydi, nobud bo‘ladi, uning o‘rnini yangi generatsiya egallaydi.

Qayta ko‘payadigan turlar populyatsiyasida yosh bo‘yicha tug‘ilish ancha murakkabdir. Bunga sabab: 1) Tur vakillari balog‘atga etgan vaqti qisqa yashaydi. 2) Balog‘atga etgan vakilar uzoq yashaydi va ko‘p martalab ko‘payadi. Birinchi holatda har yili populyatsiyaning ancha qismi almashadi, ularning soni qalinligi turg‘un emas, qulay va noqulay sharoitli yillari keskin o‘zgarib turadi. Masalan, SHimoliy Kaspiy dengizida uchraydigan molluska fasllar va bo‘yicha o‘zgaradi. YAna bir misol, dala sichqoni (Microtus agrestis) populyatsiyada o‘tgan yili bahorda tug‘ilgan vakillardan avlod paydo bo‘ladi, keyin balog‘atga etish 1 va 2-bo‘g‘inda yuzaga keladi, populyatsiya butun katta-kichik avlodlar bilan qo‘shilib keladi, kuzgi populyatsiya har-xil yoshdagi vakillardan tashkil topib, qarilar nobud bo‘ladi.

Balog‘atga etgan vakillarning uzoq yashaydigan va ko‘p marta ko‘payadigan populyatsiyalar tuzulishida turg‘unlik bo‘ladi va ular ichida turli bo‘g‘in vakillari uchraydi. Jumladan, Hindiston fillari 8-12 yoshda balog‘atga etadi, ular 60-70 yil yashaydi. Onalik vakillari 4 yilda bir marta bitta, qisman ikkita bola tug‘adi. Fillar podasida balog‘atga etgan vakillar 80% ni tashkil eiladi. YOsh avlod vakillari taxminan 20% atrofida bo‘ladi.

Populyatsiya a]zolarining yosh bo‘yicha tuzilishini tahlil qilish ular sonining o‘zgarishini bir necha yillar davomida kuzatish imkonini beradi. Bunday prognoz baliqchilikda qo‘llanib, ko‘p yillar davomida baliq mahsuloti olishni rejalashtirish imkonini yuzaga keltiradi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling