1-mаvzu: “Tadbirkorlik asoslari” fаniga kirish fanning predmeti va o’rganish usullarI


Odatda tadbirkor oldida quyidagi savollar ko’ndalang turadi


Download 64.22 Kb.
bet10/10
Sana14.10.2023
Hajmi64.22 Kb.
#1702382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari

Odatda tadbirkor oldida quyidagi savollar ko’ndalang turadi:
nima ishlab chiqarilishi kerak?
Jami ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlarning 2/3 qismi iste`mol tovarlari sektoriga jamlanganligi sababli, bunday tovarlar va xizmatlarning iste`molchilari nima ishlab chiqarish kerakligini belgilaydigan guruhni tashkil etadi.
bu kimlar uchun ishlab chiqarilishi kerak? Iqtisodiyotda “Kimlar uchun?” degan savol, odatda ishlab chiqarish omillari (resurslari)dan tayyorlangan mahsulotni sotib olish uchun eng ko’p pulga ega bo’lgan birovni belgilaydi. Umuman aytganda, eng ko’p puldorlar bu - gullab-yashnayotgan korxonalar egalari (iste`molchilar ularning tovarlari va xizmatlarini olishni xohlaydilar) va (yoki) kasbiy faoliyatiga katta talab bor (korxonalar ularning ko’nikmalari, malakalariga ehtiyoj sezadi) bo’ladiganlardir.
bu qanday ishlab chiqariladi?
Bu savolga javob, iste`molchining ehtiyojlarini inobatga olgan holda, beriladi va korxonalar bilan iste`molchilarning o’zaro harakat qilishi orqali erishiladi. Masalan, «Rolls-Roys» – juda katta qunt bilan tayyorlanadigan va shu sababdan, ancha uzoq vaqt xizmat qiladigan, dabdabali mashina. Lekin ko’pchilik iste`molchilar «Rolls-Roys»ga ega bo’lishni o’zlariga ep ko’ra olmaydilar. Tadbirkorlar buni anglashadi va o’zlariga «Rolls-Roys» sotib olishga qurbi Yetmaydigan odamlar istagini qondirish uchun, ishonchliligi pastroq mashinalarni arzonroq narxlarda sotishadi.
Bu uchta savolga qanday javob berilishi to’g’risida gapirganda, bu holatlarning har birida bozor qanday faoliyat yuritishini ta`kidlash muhimdir. Masalan, ayrim ishlab chiqarilayotgan tovarlarni iste`molchi xarid qilmasa, bu ularni ishlab chiqarishni to’xtatish haqida biznesga signaldir (nima ishlab chiqarilishi kerak?). Agar iste`molchilar tovarning yuqori sifatga ega bo’lishiga qaramasdan u uchun belgilangan narxni to’lashmasa, ishlab chiqaruvchi, tovar sifati biroz pasayishi evaziga bo’lsa ham, uning narxini kamaytirish yo’lini topishga majburdir (qanday ishlab chiqarish?). Natijalari katta talabga sazovor bo’lgan kasbiy faoliyat bilan shug’ullanishga, yoki shuningdek, katta talabga ega bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish bo’yicha biznesni barpo etishga qaror qilgan odamlar, yalpi tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining kattaroq qismini olishga muvaffaq bo’lishadi (kimlar uchun?).



1 Каримов.И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш–тараққиётимизнинг муҳим омилидир. //Халқ сўзи, 2010 йил 8 декабрь.

2 “Авесто”. Қадимий-адабий ёдгорлик. Асқад Маҳкам таржимаси. – Т.: Шарқ, 2001,115 - б.

3 Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Т:. Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти. 1993.

4 Ахмедов.Б. Темур тузуклари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. 1996. 343- б.

5 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ.– Т.: 1992. 33 - б.

6 Шумпетер Й. Теория экономического развития.- М.: Прогресс,1982.-456с

Download 64.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling