1-mаvzu: “Tadbirkorlik asoslari” fаniga kirish fanning predmeti va o’rganish usullarI
Download 64,22 Kb.
|
1-mavzu. Iqtisodiyot va tadbirkorlik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy xavfsizlik
Imkoniyatlar tengligi – yana bir maqsad. Bu tanlash erkinligi bilan o’zviy bog’liq, chunki barcha odamlar taxminan teng darajadagi erkinlikka - iste`molchi, xodim va tadbirkor sifatida o’z huquqlarini amalga oshirish erkinligiga ega bo’lishlari lozimligini ta`kidlaydi.
Iqtisodiy xavfsizlik maqsadi - bizning iqtisodiy jamiyatimiz a`zolari munosib oziq-ovqat, kiyim, turar joy va boshqa zarur narsalar olishga Yetarli miqdorda pulga ega bo’lishlariga intilishimizni bildiradi. Kambag’allikning keng tarqalishi nafaqat bizning odamlar uchun iqtisodiy xavfsizlik maqsadiga erishishga o’rinishimiz bekorga ketganidan dalolat beradi, balki jamiyatda iqtisodiy adolat maqsadiga erishish imkoniyati to’g’risida ham jiddiy savolni ko’taradi. Iqtisodiy hayotda betaraflik va adolat tushunchalarining talqiniga har kim ham qo’shilavermaydi, lekin deyarli barcha bu maqsad qo’yilishi va unga erishishga qaratilgan ishlar bajarilishi muhimligini tushunishadi. Yana bir muhim iqtisodiy maqsad borki, u bir mamlakatning davlat chegaralari bilan cheklanib qolmay, boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Bu – halqaro muvozanat (balans) maqsadi. Biz tashqi savdo va halqaro to’lovlar sohalarida mustahkam va muvozanatga keltirilgan aloqalarni saqlab turishni xohlaymiz. Bu maqsadga erisha olmaslik, nafaqat mamlakat ichkarisi va xorijda jiddiy iqtisodiy muammolar tug’dirishi mumkin, balki tinchlikka xavf tug’diradigan halqaro keskinlikning oshish ehtimoli ko’payishiga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy sektorida tadbirkorlik, asosiy iqtisodiy vazifalarni amalga oshirganda, davlat sektoriga nisbatan yuqoriroq samaradorlik va mehnat unumdorligini ta`minlaydi degan tushuncha butun dunyoda qabul qilingan. Milliy farovonlikning asosiy qismi korxonalar faoliyatining natijasi sifatida shakllanadi:
1.1 . Ishchilar va xizmatchilarnig ish haqi, foydalar. Ish haqi va foydalar olish imkoniyatini taqdim etish masalasi, soliqlar to’lash va daromad (soliqlar to’langandan keyingi daromad)ni iste`mol qilish fondiga va moliyaviy mablag’larni iste`molchilari jamg’arma fondiga (investitsiya sarmoyasi) ko’chirish nuqtai nazaridan, biznes tomonidan Yechiladigan o’ta muhim masaladir.
5.1. Iste`mol maqsadlariga xarajat qilish. Pul mablag’larini iste`mol maqsadlariga sarflash, nafaqat asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun, balki tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishini rag’batlantirishga qaratilgan talabni shakllantirish uchun ham zarurdir. 5.2. Shaxsiy jamg’armalar. Shaxsiy jamg’armalar – bu bevosita iste`mol qilish bilan bog’liq xarajatlarga sarflanmaydigan daromad.
Download 64,22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling