1-Mavzu: Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari Reja


Download 54.2 Kb.
bet4/6
Sana06.10.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1693143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 дарс тадбиркорлик

Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarning sotuvchilari va xaridorlarini bir joyda birlashtiradigan har qanday institut yoki mexanizm. (K. McConnel, S. Brew. Economics: Principles, problems and policy, 1992).

Bozor (inglizcha – market, ruscha – rinok) – tovarlar bilan pullarning harakatini ta’minlovchi ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi munosabatlar tizimidir. Demak, bozorda tadbirkorlik sub’ektlari o’rtasida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishdagi erkin munosabatlar amalga oshiriladi. Bozor tadbirkorlik sub’ektlarining erkin faoliyat olib borishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratib, erkin raqobat muhitining, eksport va import imkoniyatlarining bozor qonuniyatlari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
“Bozor iqtisodiyotiga o’tish muammolariga tik ko’z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko’ra bilish kerak. Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o’sishi, pulning qadrsizlanishi, ko’pgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo’lishi, aholining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o’sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to’g’ri echimlar topa bilish kerak1”.
Xo’sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarni birinchi bo’lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo’llagan. Uning fikricha, tadbirkor – tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko’rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u er va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqtisod risolasi» kitobida (1803) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – er, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
Tadbirkorlik (inglizcha – enterprise, enterprising, ruscha - predprinimatelstvo) – foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o’z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir.

Sohibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlab va tadbirkorlarni ulug’lab, ularning nafaqat o’zi balki jamiyat uchun ham katta nafi tegishini, inson doimo faol bo’lishini ta’kidlab, o’z tuzuklarida “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”2, deb ko’rsatadi.

Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o’zaro bog’liq tushunchalar bo’lib, bir birini to’ldiradi.
Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik sohasida biznes foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bo’lib, ushbu faoliyat bilan shug’ullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga, yalpi ichki mahsulotning ko’payishiga, aholi faravonligining oshishiga xizmat qiladi.

Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling