1-Mavzu: Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va printsiplari Reja


Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish printsipi


Download 54.2 Kb.
bet3/6
Sana06.10.2023
Hajmi54.2 Kb.
#1693143
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 дарс тадбиркорлик

Tadbirkorlik sub’ektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish printsipi.
Bu printsipning mohiyati har bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektining iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinadi.
Tadbirkorlik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo’llash asosida davlatning ta’sir etish printsipi.
Ushbu printsip mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga direktiva, buyruq orqali ta’sir etish usulining iqtisodiy usuliga, ya’ni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat ko’rsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi.
Respublikamizning mustaqil taraqqiyotini belgilovchi asosiy printsiplaridan biri narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirishdir.
Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to’ldirishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biri hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy printsiplaridan yana biri tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarning o’zaro raqobatidir.
Bu printsipning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va harajat sarf qilib, ko’p va yuqori sifatli mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqara olsa, u ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda imtiyozga ega bo’la oladi.
Qonuniylik printsipi barcha fanlarga doir bo’lgan umumiy printsip bo’lsa ham, tadbirkorlik huquqida u bozor munosabatlariga o’tish sharoitida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu printsip mazmunida tadbirkorlik sub’ektlarining qonun man etmagan har qanday faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkinligi qoidasi yotadi.

  1. Bozor va tadbirkorlik.

Bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishining asosiy omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iborat. Bozor va tadbirkorlik o’zaro bir-biri bilan bog’liqdir.


Download 54.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling