Iqtisodiyot nazariyasi Taklif tushunchasi va qonuni
Download 24.11 Kb.
|
iqtisodiyot nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi Taklif tushunchasi va qonuni. Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham pasayishiga olib keladi. Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi. Monopoliyaga qarshi siyosatning natijalari. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2019 yilda tashkil etildi. Bu "Yangi O‘zbekiston" da tuzilgan monopoliyaga qarshi kurashni tartibga soluvchi yagona vakolatli davlat organi hisoblanadi. Yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1996 yilda mamlakatimiz Prezidentining Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etilgan va bu yil Qo‘mitamiz o‘zining chorak asrlik faoliyatini nishonlamoqda.O‘tgan 25 yil davomida Qo‘mita murakkab va shu bilan qiziqarli o‘zgarishlarga boy yo‘lni bosib o‘tdi. Sodir bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlar va taraqqiyotning har bir bosqichi o‘sha davrning islohot talablariga mos keldi. Masalan, 2000 yilda monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish vakolati bilan Davlat qo‘mitasi sifatida Moliya vazirligidan ajratilgan edi. 2005 yilda esa, raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi. 2010 yilda ikki davlat idorasi birlashishi natijasida Qo‘mitada yana bir o‘zgarish sodir bo‘ldi va o‘sha yilda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.2019-2020 yillardagi so‘nggi o‘zgarishlar ham zamon talabiga bog‘liq. Prezidentimiz rahnamoligida boshlangan islohotlar iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarni talab etardi, “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini alohida davlat tashkiloti sifatida ajratish maqsadga muvofiq deb topildi hamda “Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Prezidentga hisobdor qilib belgilandi. Men bu holatni monopoliyaga qarshi siyosat sohasi rivojlanishiga va Qo‘mitaga yuklatilgan vazifalarni bajarish yo‘lidagi oldinga tashlangan katta qadam deb hisoblayman.Qo‘mitaning yutuqlari haqida gapirsak, so‘nggi 8 oy davomidagi amaliy faoliyatini misol tariqasida keltirish mumkin. Masalan, tovar va moliya bozorlaridagi raqobat muhitining holatini tizimli tahlil qilish, ustun mavqeini suiiste’mol qilish va uni oldini olish, “kartel” kelishuvlari va til biriktirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshirilgan nohalol raqobat holatlari bo‘yicha joriy yil boshidan beri ustun mavqega ega bo‘lgan va davlat reyestriga kiritilgan korxonalar ya’ni 102 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 897 ta shartnomalar o‘rganib chiqildi. Natijada Qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan 25 ta holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Davlat xaridlari sohasida raqobatni ta’minlash maqsadida esa, 11340 tender savdolari o‘rganildi va 4887 ta holatda qonunbuzulish holatlari aniqlandi, ularni bartaraf etish uchun barcha qonun bilan belgilangan choralar ko‘rilgan. Shuningdek, bir nechta monopol tovarlarga bo‘lgan narxlarni pasaytirishga erishildi. Masalan, formalin 20% ga, polietilen 40% ga, polipropilen 15% ga, kalsiylangan soda 18% ga. Shu bilan birga urug‘larni sertifikatlashni 18% ga, hisoblagichlarni tekshirishni 6% ga, temiryo‘l shablonlarini solishtirishni 15% ga kamaytirishga erishildi. Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning manfaatlari yo‘lida yer osti kollektori orqali o‘tkazilgan optik tolali liniyalar uchun ketadigan harajatlarni 50% ga arzonlashtirib, oldindan hisoblab olingan 2 milliard 147 million 100 ming so‘mni 29 ta tadbirkorlarga qayta hisob-kitob qilishga muvaffaq bo‘lindi. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, sement mahsulotlari narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida Qo‘mita tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2020 yil 23 iyulda Vazirlar Mahkamasining 450-sonli qarorini ishlab chiqdi va qabul qildi. Unda birja savdolarida bir tadbirkor tomonidan xarid qilinishi mumkin bo‘lgan sement miqdoriga cheklov o‘rnatildi (114 tonna). Natijada, sement narxi 2020 yil sentyabr oyida 663,5 ming so‘mgacha (-268,3 ming so‘m) tushdi. Bozor muvozanati va uning turlari. Xususiy va umumiy muvozanatlik. Biz va bizni o’rab turgan jamiyat, atrof muhit o’zaro muvozanatda va harakatda. Albatta hamma sohada munosabat va harakatlarda tabiat qonunlarida muvozanat bo’lgani kabi makroiqtisodiy qonuniyatlarda ham muvozanat mavjud. Rivojlanayotgan iqtisodiyot, rivojlanayotgan jamiyat va bozor iqtisodiyoti-bu hozirgi kecha kunduzimizda mamlakatimizda yuz berayotgan hodisalar. Pandemiya oqibatida biroz sustlashgan iqtisodiyotimiz asta sekin yana oldingi holatini tiklamoqda. Bozorlar muvozanati o’z holiga-asliga qaytmoqda . Talab va taklif raqobat kabi bozorni muvozanatga keltiruvchi omillar yana sog’lom ishlashda davom etmoqda. Davlatning bozorga qisman aralashishi oqibatida bozor muvozanati ta’minlanmoqda. Bozor muvozanati tovarlarga, xizmatlarga va resurslarga talab va taklif o'rtasidagi miqdoriy muvofiqlikda namoyon bo'ladi va resurslarni yetkazib beruvchilar va tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari sifati da uy xo'jaliklarining, korxonalar esa resurslarni iste'molchilari va tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilarning manfaatlariga ta'sir qiladi. Boshqacha qilib aytganda, bu jamiyatdagi umumiy iqtisodiy manfaatlarni maqbul ravishda amalga oshirishdir. Bu yerda biz sog'lom "iqtisodiy qon aylanishi" bilan taqqoslashimiz mumkin, unda iqtisodiyotning "kasalliklari" - inflyatsiya, ishsizlik va hokazo tufayli parchalanish hodisalari bo'lmaydi. Bunday muvozanat g'oyasi butun jamiyat tomonidan talab qilinadi, chunki bu keraksiz sarflangan resurslar va realizatsiya qilinmagan mahsulotlarsiz ehtiyojlarni to'liq qondirishini anglatadi. Mana shu maqsadga erishish yo’lida bizning davlatimizda ham bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda, strategiyalar amalga taqdim qilinmoqda. Bu haqda prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Makroiqtisodiy barqarorlik iqtisodiy islohotlarning mustahkam asosidir”1 deb takidlab o’tdilararki, buning asosida bozor muvozanatini ta’minlash yotadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yuqorida bir necha marotaba “Bozor iqtisodiyoti" degan so’zni bir necha bor ishlatdik. Shu o’rinda aytib o’tish joizki, bozor iqtisodiyoti o‘zining obyektiv qonunlari hamda o‘zini-o‘zi tartiblash dastaklari, vositalari orqali amal qilinadi. Ammo bozor iqtisodiyotining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy jihatlari ham mavjud. Ularning eng asosiysi iqtisodiyotdagi obyektiv qonunlar va munosabatlar, regulyatorlar asosida shakllanadigan bozor muvozanati hamda mutanosibliklaning buzilishi oqibatida vujudga keladigan nomutanosibliklaning kuchayishi, avval aytib o’tilganidek, iqtisodiy tanglik va inqirozlardir. Inqirozlar natijasida iqtisodiy pasayish, ishsizlik, inflatsiyaning kuchayishi, xalq turmush darajasining yomonlashuvi sodir bo‘ladi. Shu boisdan ham davlatning iqtisodiyotga aralashuvi va uni ustuvor ravishda iqtisodiy dastak va vositalar yordamida tartiblashi zarur bo‘ladi. Bu esa zamonaviy bozor iqtisodiyotining o‘zini - o‘zi tartiblashning bozor mexanizmi bilan uni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi shaklantirilib, rivojlanish tendensiyalariga ega bo‘lib borilmoqda. O‘zbekistonda shakllantirilgan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmi hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning salbiy ta’sirini yumshatish imkonini berdi. Muvozanat modellari iqtisodiy agentlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatiladi. Ushbu modellar iqtisodiy sub'ektlarning o'zaro ta'sir modellarining yanada umumiy sinfining alohida hodisasidir. Iqtisodiy tizimning muvozanat va muvozanatsiz holatlari muvozanat modellari yordamida o'rganiladi. Ma’lumki, yurtimizda olib borilayotgan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash bo`yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi o`z natijasini bermoqda. Hozirgi kunga kelib, O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot hajmi sezilarli darajada oshib bormoqda, o`znavbatida, davlat byudjetining daromad qismi ham oshmoqda. Bu kabi iqtisodiy o`zgarishlar mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, pul-valyuta va to`lov nizomini mustahkamlanib borishiga asos bo`lmoqda. Download 24.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling