1-Mavzu: Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga oshirish shartlari
-Mavzu: Daromad va harajatlarni hisob – kitob qilish
Download 1.61 Mb.
|
1 Mavzu Tadbirkorlik va biznes mazmuni, belgilari va amalga osh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat budjeti daromadlari
20-Mavzu: Daromad va harajatlarni hisob – kitob qilish
Davlat budjetining daromad va xarajatlari Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotni qayta taqsimlash bosqichlarida yuzaga keladigan alohida iqtisodiy kategoriyalarbudjet daromadlari va xarajatlari orqali amal qiladi. Budjet dar0madlari va xarajatlari – obyektiv tarzda mavjud va amal qiluvchi katego riyalar bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos azifani bajaradi: daromadlar davlat faoliyatining moliyaviy asosi bo‘lib xizmat qilsa, xarajatlar esa turli-tuman umumdavlat va umumjamiyat ehtiyoj larini qondirishga xizmat qiladi. Davlat budjeti daromadlari davlatning ixtiyoriga tushuvchi va uning arkazlashgan pul fondini shakllantiruvchi pul mablag‘laridir. Davlat budjeti daromadlari davlat bilan korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va aholi o‘rtasidagi mamlakat budjet fon- dining shakllanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Yuqorida keltirilgan rasmda (6.3-rasm) biz YAIMning taqsimlanishi va budjet fondining shakllanish jarayonini kuzatgan edik, unga ko‘ra budjet daromadlari jamiyat milliy daromadining bir qismini, shuningdek, aholi shaxsiy daromadlarining bir qismini maj buriy va ixtiyoriy to‘lovlar vo sitasida davlat tomonidan jalb qilish yo‘li bilan taqsimlash va qayta taq simlash mahsulidir.Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim adabiyotlarda, ma’ruzalarda va boshqa ilmiy ishlarda «davlat budjeti daromadlarining asosiy manbayi so liqlardir», degan bizning nazarimizda birmuncha noto‘g‘ri bo‘lgan fikrlarni uchratish mumkin. Aslida, davlatbudjeti daromadlarining asosiy manbayi mamlakat yalpi milliy mahsuloti va milliy daromadi hisoblanadi, davlat markazlashgan pul fondiga mablag‘larni jalb qilish quroli esa soliqlardir. Budjet daromadlari to‘lovchilariga ko‘ra, soliqqa tortish obyekt lariga ko‘ra, undirish usuliga ko‘ra, to‘lash muddatlariga ko‘ra bir-biridan farq qilishiga qaramasdan, ularning hammasi davlat budjetining daromad qismini shakllantirishga xizmat qiladi. Budjetga to‘lovlar pul shaklida amalga oshiriladi, budjetga tushgan pullar o‘z egasini yo‘qotadi, ya’ni budjetga to‘lov to‘lovchi shaxs aniq bir maqsadni ko‘zlab to‘lov to‘lamaydi, budjet daromadlarining shakl lanishi pul mablag‘larining bir tomonlama ha rakati asosida sodir bo‘ladi. Davlatning umumiy xazinasiga tushgan pullar davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida ishlatiladi. Shu sababli davlat budjeti ning shakllanishi va ishlatilishida davlatning, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning va alohida shaxslarning manfaatlari kesishadi.Demak, budjet daromadlarining asosiy moddiy manbayi milliy daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun milliy daromad yetarli bo‘lmasa, davlat bun- day ehtiyojni qondirish uchun milliy boylikni jalb etishi mumkin. Milliy boylik deganda ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo‘lgan, hozirgi va o‘tgan avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy resurslar majmuyinazarda tutiladi. Budjet daromadlari haqida gapirar ekanmiz, «davlat daromadlari» degan tushuncha bilan «davlat budjeti daromadlari» tushunchalarini yaxshi farqlab olishimiz kerak. Davlat daromadlari davlat budjeti daromadlari bilan birgalikda, davlatga qarashli maqsadli fondlarning daromadlarini, davlat mulkida bo‘lgan korxona va tashkilotlarning daromadlarini, shu ningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatdan tushuvchi daromadlarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Davlat budjetining soliqli daromadlari. Bizga ma’lumki, 2007yilda qabul qilingan (№ O‘RQ-136, 25.12.2007) va 2008-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Res- publikasi Soliq kodeksi soliq munosabatlarining qonuniy-huquqiy asosini tashkil qiladi. Ushbu ko deksning «Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning turlari» nomli 23-moddasiga binoan, Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Soliq kodeksi 1997-yilda qabul qilingan edi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling