1-mavzu. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta'lim sohasida Davlat siyosati tushunchasi


Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari


Download 204.25 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi204.25 Kb.
#219505
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu. Talim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli.

Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” qonunining 3-moddasi o‘z ifodasini topgan. 3-modda. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'liminingmajburiyligi;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo‘nalishini:

  • akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchunochiqligi;

  • ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimli bo‘lishni va iste'dodni rag‘batlantirish;

  • ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.

O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning bilim olish huquqi mazkur Qonunning 4-moddasida o‘z aksini torgan. 4-modda. Bilim olish huquqi. Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e'tiqodi, dingamunosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqyei, turarjoyi, O‘zbekiston hududida qancha vaqt yashaganligidan qat'i nazar, har kimgabilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.


Download 204.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling