9. Tadqiqot natijalarini amalda tatbiq etish usuli – masalan, tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari bo‘yichailmiy-amaliy seminar, forum yoki konferensiyalarda ma’ruza va dokladlar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, darslik, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yozishi, kitoblar nashr qilishi tushuniladi. Aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida ta’lim texnologiyalarining turli fanlar bilan bog‘liqliklari yaqqol ko‘rinadi. U keng ko‘lamli ijtimoiy hodisa bo‘lib, ko‘p fanlarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Bunda har bir fan o‘z maqsad va vazifalariga muvofiq yo‘nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o‘rganishi natijasida uni takomillashtirish yo‘l-yo‘riqlarini belgilab boradi. Ta’lim texnologiyalari boshqa fanlardan ajratilgan holda rivojlana olmaydi. Ta’limning ob’ekti inson bo‘lganligi uchun insonni o‘rganuvchi, uning taraqqiy etishi masalasiga taalluqli barcha fanlar bilan hamkorlik qiladi.
Ta’lim texnologiyalari fanining metodologik asosini pedagogika fani tashkil etadi. O‘qitishjarayoni, barkamol shaxsni tarbiyalash, qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyati xususiyatlari bu ikki fan maqsadlarini birlashtiradi. Amerikalik psixolog B.Skinner ta’rifiga ko‘ra, ta’lim texnologiyalari pedagogika va psixologiyaning eng ilg‘or bilimlarini ta’limda uyg‘unlashtirish hamda unumli foydalanish, o‘qitishning muayyan usullari, shakllari va vositalarini belgilovchi psixologik-pedagogik ustanovkalar yig‘indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |