Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to'g’risida qonun.
Ushbu qonunning asosiy vazifasi axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya etilishini, har kimning axborotni erkin izlash, olish, tekshirish, tarqatish, foydalanish va saqlash huquqlari ro'yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning muhofaza qilinishini ta'minlashdan iborat.
•axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to'g’risidagi ma'lumotlar;
•axborot mulkdori - o'z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo'l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
•axborot resurslari - alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to'plamlari, axborot tizimlaridagi hujjatlarning to'plamlari;
•axborot sohasi - sub'ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi;
•axborot egasi - qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan huquqlardoirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
•mahfiy axborot - foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo'yiladigan hujjatlashtirilgan axborot;
•ommaviy axborot - cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo'ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa habarlar va materiallar;
•hujjatlashtirilgan axborot - identifikasiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo'yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Do'stlaringiz bilan baham: |