1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Download 107.95 Kb.
bet10/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

Vazir R. DAVLETOV 
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
3-mh-son
Kelishildi: 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. TOShKULOV 
2022-yil 23-fevral
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 1-martdagi 3-mh-son
buyrug‘iga

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 


ta’limning kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va 
baholash mezonlari to‘g‘risidagi 
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik
texnikumlarida (bundan buyon matnda yuridik texnikum deb yuritiladi) ta’limning
kredit-modul tizimida o‘quvchilar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash
mezonlarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra o‘quvchi tomonidan muayyan fan
bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi;
ta’lim moduli (bundan buyon matnda modul deb yuritiladi) — bu o‘zida
bilimga oid hamda kasbiy jihatlarni qamrab oladigan, o‘quvchida bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturining tarkibiy elementi
sifatida nazorat qilishning tegishli turi bilan yakunlanadigan alohida o‘quv fani
(uning qismi yoki o‘zaro bir sohaga doir fanlar majmui);





modullarning o‘quv dasturi (sillabus) (bundan buyon matnda o‘quv dasturi
deb yuritiladi) — har bir o‘quv fanining mazmuni va o‘qitish tartibini, o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hamda ko‘nikmalar hajmini belgilab
beradigan rasmiy pedagogik hujjat;
GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha
o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:

Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling