1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


ECTS talablari: dastlabki qadamlar


Download 107.95 Kb.
bet7/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

ECTS talablari: dastlabki qadamlar 
Yuqorida taʼkidlanganidek, anʼanaviy oʻqitish tizimining salbiy jihatlaridan
voz kechish va xalqaro standartlar talablari doirasida ishlarni tashkil etish boʻyicha
dastlabki qadamlar qoʻyilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizning 33 ta oliy taʼlim muassasasida kredit-modul
tizimiga oʻtish boʻyicha ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Barcha kuchlar ushbu
tizimni yaratishga safarbar etilyapti.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan muntazam ravishda xorijiy oliy taʼlim
muassasalarida ilmiy tadqiqot ishi va pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan,
aynan kredit-modul tizimini yaqindan biladigan vatandoshlar tomonidan seminarlar
tashkil etilib kelinayotgani bunga bir misoldir. qolaversa, oʻzini oʻzi
moliya­lashtirishga oʻtgan 10 ta oliy taʼlim dargohiga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi
huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi aʼzolaridan bir nafardan ekspert maslahatchi
sifatida biriktirib qoʻyilgan.
Mazkur jarayonlarni toʻlaqonli amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasasida
tegishli boʻlinmalar ham tashkil etilyapti.
Xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Taʼlimning kredit tizimini
boshqarish boʻlimi faoliyat yuritmoqda. Ushbu boʻlim tomonidan 2020/2021 oʻquv
yilidan
universitetda
oʻqitiladigan
barcha
taʼlim
yoʻnalishlari
va
mutaxassisliklarning ECTS kredit-modul tizimiga toʻliq transformatsiyasini amalga
oshirish boʻyicha ishlar boshlab yuborilgan.
Transformatsiya jarayonlari boshlandimi? 
Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, universitetda bakalavriyat bosqichida bir
semestrda oʻqish 15 hafta va attestatsiya uchun 6 (bir semestrda 3 hafta imtihonlar
uchun ajratilgan) hafta ajratilmoqda. Shunda 4 yilda oʻqish haftalari soni 144 tani,



attestatsiyalar 24 haftani hamda umumiy taʼtillar bilan hisoblaganda jami 204


haftani tashkil etmoqda. Barcha taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisliklar oʻquv
rejalarida har bir bosqichda fanlar ikki qismga, yaʼni asosiy va tanlov fanlariga
ajratilgan holda aks ettirilmoqda. ECTS talabidan kelib chiqib, talabaga har yili 60
kreditdan 4 yil ichida jami 240 kreditni toʻplash majburiyatini yuklash
rejalashtirilmoqda. Shunda talaba 4 yil davomida maʼruza, amaliy hamda
laboratoriya mashgʻulotlari va imtihon jarayonlarida ishtirok etishiga 2880 soat,
mus­taqil taʼlimga 4320 soat, jami 7200 soat vaqt sarflashi lozim boʻladi.
Bizning misolimizda 1 kredit = 12 akademik soat + 18 soat mustaqil taʼlimni
tashkil etadi. Shu bois 1 kredit 30 soatga teng deb qaralib, talabaning haftalik
auditoriya yuklamasi 20 soatga teng. Malakaviy amaliyot uchun ajratilgan kredit
miqdori tegishli fan yoki fanlar hisobiga amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling