1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari
Download 107.95 Kb.
|
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org
GPA
= K 1 * U 1 + K 2 * U 2 + K 3 * U 3 ... + K n * U n , bunda: K 1 + K 2 + K 3 ... + K n K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori; U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan ball. Bunda, o‘quvchi faqat fan/modulni muvaffaqiyatli yakunlagan taqdirda, ushbu fan/modul bo‘yicha kredit beriladi. 2. Yuridik texnikum o‘quvchilari bilimini nazorat qilish va baholashning maqsadi — yuqori malakali, raqobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan yuridik kadrlarni tayyorlash hamda o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek modullarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishining oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat. 3. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: o‘quvchilarda davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish; o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini yoki kompetensiyalarini baholashning asosiy tamoyillari bo‘lgan davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, xolislik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baholashda shaffoflikni ta’minlash; o‘quv materialining o‘quvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish hamda tahlil qilish; o‘quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, fikrlarni yozma va og‘zaki, jumladan xorijiy tilda ravon bayon etish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish; o‘quvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini ta’minlash. 4. O‘quv dasturini o‘zlashtirish o‘quv yuklama hajmini aniqlashning shartli birligi (kredit)ni qo‘llagan holda belgilanadi. Bir kredit tarkibi, har bir modul bo‘yicha kreditlar miqdori, shuningdek har bir kursni va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun o‘quvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy miqdori Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) Kengashi tomonidan belgilanadi. 5. O‘quvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirgan (GPA ko‘rsatkichini to‘play olgan) taqdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur miqdorini to‘plagan deb hisoblanadi. 6. Kafedra mudiri har bir modul bo‘yicha alohida modul rahbarini, ya’ni modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, o‘quvchilar bilimining belgilangan mezonlar asosida baholanishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimni belgilaydi. 7. O‘quvchilar o‘quv yilining birinchi haftasi mobaynida yuridik texnikumning fakultet dekani tomonidan mazkur Nizom talablari bilan to‘liq tanishtirilishi shart. 8. Yuridik texnikum tomonidan o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash boshqa mahalliy yoki xorijiy o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari bilan tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilishi mumkin. 9. Kasalligi yoki boshqa hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablar tufayli (yo‘l- transport hodisasi, yaqin qarindoshining vafoti, nikoh tuzilishi, farzand tug‘ilishi) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarida (bundan buyon matnda nazorat turi deb yuritiladi) belgilangan muddatda ishtirok etmagan o‘quvchiga fakultet dekani tomonidan ushbu holatlarga aniqlik kiritgan holda va asoslantiruvchi hujjatlar mavjud bo‘lganda yuridik texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari (bundan buyon matnda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlangan jadval asosida nazorat turlari qayta o‘tkaziladi. 10. Nazorat turini o‘tish reyting ballini ko‘tarish maqsadida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi. Download 107.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling