1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


-bob. Nazoratning xolisligi va shaffofligini ta’minlash


Download 107.95 Kb.
bet14/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

3-bob. Nazoratning xolisligi va shaffofligini ta’minlash 
31. Nazorat turlari bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan yozilgan nazorat
ishlarining xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida uning belgilangan
qismiga O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i tomonidan tegishli belgi va raqamlar yoki
elektron ta’lim platformasi tomonidan avtomatik ravishda identifikatsiya kodlari
berish yo‘li bilan shifrlanadi.



32. O‘quv-metodik bo‘lim pedagoglarning yillik shaxsiy ish rejasida


belgilangan o‘quv yuklamasidan kelib chiqib, modullar bo‘yicha shifrlangan nazorat
ishlarini tekshirish uchun taqsimlaydi.
Nazorat ishlarini tekshirish muddatlari O‘quv-metodik bo‘lim tavsiyasi asosida
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan belgilanadi.
33. Nazorat ishlarini tekshirish pedagog xodimlar tomonidan yuridik texnikum
binosining ichki qismida, maxsus ajratilgan xonada amalga oshiriladi. Nazorat ishini
maxsus ajratilgan xona tashqarisiga olib chiqish taqiqlanadi. Maxsus ajratilgan xona
ichkarisiga yuridik texnikum direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi
o‘rinbosari, O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i, fakultet dekani va tekshiruvchi
pedagog xodimlardan tashqari boshqa shaxslarning kirishi man etiladi.
Pedagog xodim tomonidan nazorat ishlari baholash mezonlari asosida
tekshiriladi va nazorat ishining birinchi varag‘i ustiga ball qo‘yiladi. Ball aniq
ifodalangan shaklda pedagog xodimning imzosi bilan tasdiqlangan holda qo‘yilishi
kerak.
Pedagog xodim tomonidan har bir tekshirilgan nazorat ishiga taqriz beriladi
hamda unda ish mazmunining ijobiy jihatlari va yo‘l qo‘yilgan xatoliklar aks
ettirilishi lozim.
Shifrlangan nazorat ishini baholashning xolisligi va shaffofligiga ta’sir
ko‘rsatuvchi holatlar aniqlanganda, shu jumladan so‘zning ustiga yoki tagiga chizish
yoxud atrofini chizib qo‘yish, ishda tekshiruvchi shaxs nomiga murojaatning
mavjud bo‘lishi, matnning turli qismlariga (shu jumladan, ochiq qoldirilgan
joylariga) grafik belgilar qo‘yish, ish matnida o‘quvchining familiyasi, ismi,
otasining ismini ko‘rsatish holatlari mavjud bo‘lganda, nazorat ishi uchun nol
reyting ball qo‘yiladi.
34. O‘quvchi tomonidan nazorat ishini bajarishda akademik halollik
talablarining buzilishiga, jumladan mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)ga yo‘l
qo‘yilmaydi. Nazorat ishida qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda nashr qilingan o‘zga
matndan olingan manbaga hech qanday havola qilmagan holda ishlatish yoki
olingan manbaga havola qilingan bo‘lsada, lekin o‘zlashtirishlarning hajmi va



xarakteri o‘quvchining nazorat ishini yoki uning asosiy qismini mustaqil


yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘zlashtirilgan bo‘lsa, plagiat deb
topiladi.
Plagiat ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
o‘zga matnni so‘zma-so‘z bayon qilish;
parafraza — o‘zlashtirilgan o‘zga matnning mazmunini o‘zgartirmasdan so‘z
va iboralarni almashtirib bayon qilish.
Nazorat ishi matnidagi o‘zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda
muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko‘rsatgan holda havolalar
keltirilishi shart. Nazorat ishini tekshirishda mualliflikni o‘zlashtirish (plagiat)
holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil
yozilganligiga shubha uyg‘otadigan darajada o‘xshash bo‘lishi ushbu barcha
o‘xshash nazorat ishlariga, shu jumladan baholangan o‘xshash nazorat ishiga
(ishlariga) ham nol reyting ball qo‘yishga asos bo‘ladi.
35. Nazorat ishlarini tekshirish natijalari bo‘yicha tegishli ballar ishni
tekshirgan pedagog xodim tomonidan darhol elektron ta’lim platformasiga kiritiladi
va nazorat ishlari O‘quv-metodik bo‘limga topshiriladi.
36. O‘quv-metodik bo‘lim tomonidan nazorat ishlari natijalari asosida reyting
qaydnomasi yoki elektron ta’lim platformasida o‘quvchilarning familiyasi, ismi,
otasining ismi identifikatsiya qilingan holda jamlovchi elektron reyting qaydnomasi
shakllantiriladi.
Reyting qaydnomasiga tegishli ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilishi uchun
elektron ta’lim platformasiga nazorat ishlarini tekshirish va ballarni kiritishga
mas’ul bo‘lgan pedagog xodim javobgar bo‘ladi.
Jamlovchi reyting qaydnomasida tegishli ma’lumotlarning to‘g‘ri aks ettirilishi
uchun O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i javobgar bo‘ladi.
37. Nazorat ishlarini baholashning xolisligini o‘rganish maqsadida TDYU
tomonidan nazorat ishlari tasodifiy tanlangan holda qayta tekshirilishi mumkin.
Bunda, TDYU rektori buyrug‘i bilan TDYU professor-o‘qituvchilari jalb qilinadi va



ular baholash mezonlari asosida o‘quvchilarga qo‘yilgan reyting ballarining


xolisligini aniqlaydi.
Bunda, nazorat ishlari TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan bevosita
joyiga chiqqan holda qayta tekshiriladi yoki TDYUning so‘rov xatiga asosan
TDYUga qayta tekshirish uchun yuborilishi mumkin.
Tanlangan nazorat ishlarini qayta tekshirish natijasida ularga qo‘yilgan ballar
o‘zgartirilgan taqdirda qolgan barcha nazorat ishlari qaytadan tekshirib chiqilishi
shart.
38. O‘quv-metodik bo‘lim boshlig‘i nazorat turlari natijalari bo‘yicha reyting
qaydnomalarini ko‘rib chiqib, ballarning haqqoniyligiga shubha uyg‘otuvchi
holatlarni (aksariyat ballar maksimal yoki minimal ballar bilan baholangan)
aniqlasa, bu haqda direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarini darhol
xabardor qilishi lozim. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
yuridik texnikum direktori buyrug‘i asosida tashkil etiladigan ekspertlar guruhi
tomonidan nazorat ishlarini qayta tekshirtirish huquqiga ega.
Ekspertlar guruhi ishiga rahbarlikni, qoida tariqasida, direktorning o‘quv ishlari
bo‘yicha birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi. Ekspertlar sifatida kelishuv asosida
boshqa ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari yoki amaliyotchi mutaxassislar
ishtirok etishi mumkin. Ekspertlarning shaxsi oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ekspertlarning asosiy vazifasi nazorat ishlarini mazkur Nizomda belgilangan
baholash mezonlari asosida qayta tekshirib, qo‘yilgan ballarning nazorat ishiga
muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlash hisoblanadi.
Qayta tekshirish natijalariga ko‘ra, ekspertlar guruhi a’zolari tomonidan
imzolangan xulosa tegishli ballarni o‘zgartirish uchun asos hisoblanadi. Xulosa
O‘quv-metodik bo‘limga jamlovchi qaydnomani tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Ekspertlar guruhining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar nazorat ishlari
natijalari yakuniy emas deb hisoblanadi va o‘quvchilarga e’lon qilinishi mumkin
emas. Xulosa rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun O‘quv-metodik
bo‘lim boshlig‘i javobgar hisoblanadi.



39. O‘quvchilar nazorat turlari bo‘yicha olgan ballarini elektron ta’lim


platformasi orqali kuzatib boradi.
40. Nazorat turlari bo‘yicha qo‘yilgan balldan norozi bo‘lgan o‘quvchilar
natijalar e’lon qilingandan boshlab 72 soat davomida fakultet dekani nomiga
apellatsiya berishlari mumkin.
Apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun fakultet dekani bildirgisiga asosan
direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan
yuridik texnikumning nazorat ishlarini tekshirish va baholashda ishtirok etmagan
pedagog xodimlari tarkibidan kamida beshta a’zodan iborat apellatsiya komissiyasi
tuziladi.
Nazorat turlari natijalari yuzasidan berilgan apellatsiya apellatsiya komissiyasi
tomonidan barcha modullar bo‘yicha nazorat turlari natijalari e’lon qilingandan
boshlab uch ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya komissiyalari a’zolarning kamida uchdan ikki qismi ishtirok
etganda vakolatli hisoblanadi. Apellatsiya komissiyalarining qarori oddiy ko‘pchilik
ovoz bilan qabul qilinadi va unda ishtirok etgan barcha a’zolar tomonidan
tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
O‘quvchining apellatsiyasi apellatsiya komissiyalarida oraliq va yakuniy
nazorat turi bo‘yicha ballar qo‘ygan pedagog xodimning hamda apellatsiya bergan
o‘quvchining ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiyani ko‘rib chiqishda apellatsiya komissiyalari nazorat ishlarini har
tomonlama o‘rganadi.
O‘quvchining apellatsiyasini ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha apellatsiya
komissiyalari quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
e’tiroz asossiz bo‘lsa, apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish va qo‘yilgan
ballarni o‘zgarishsiz qoldirish;
e’tiroz asosli bo‘lsa, qo‘yilgan ballarni o‘zgartirish bo‘yicha yuridik texnikum
direktoriga taklif kiritish.
O‘quvchining apellatsiyasini ko‘rishda uning ilgari olgan reyting ballini
pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



41. Tekshirilgan nazorat ishlari O‘quv-metodik bo‘limda (elektron ta’lim


platformasida) uch yil mobaynida saqlanadi.
Nazorat ishlari hujjatlar yig‘majildlariga kiritilmaydi va alohida saqlanishi
talab etiladigan hujjat hisoblanmaydi.
Nazorat ishlari uch yillik muddat o‘tganidan so‘ng yo‘q qilinadi (elektron
tizimdan o‘chirib tashlanadi).

Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling