1-Mavzu: Ta’limni tashkil etish masalalari


Download 107.95 Kb.
bet17/23
Sana19.10.2023
Hajmi107.95 Kb.
#1709686
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
1-Mavzu Ta’limni tashkil etish masalalari-fayllar.org

Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan
o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi
bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.





Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki
bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini
aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular
bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O‘quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati
shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish
o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi.
Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda
o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan
o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki
oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda
og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish
asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar» mavzusini
qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z
javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik
va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki
tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar
baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali
ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki
tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. Chunonchi, uni qo‘llash jarayonida:
 nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
 dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.



Shu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning


muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.

Download 107.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling