D
55 — 50
Qoniqarsiz
F
49 — 0
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3351/0178-
son)
O‘quvchilarni baholashning turlari va tamoyillari.
Pedagogika-psixologiya fani bilimlarni o‘z
vaqtida nazorat qilish va
baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim
standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar
yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy
maqsad
bajariladi.
3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi,
ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining
ajralmas qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini
hisobgaolishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash
chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda
olib boriladi va quyidagi
nazorat turlari orqali baholanadi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: