1-mavzu: tanqidiy va kreativ tafakkurning mohiyati, ilmiy-nazariy tavsifi


Download 151.2 Kb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi151.2 Kb.
#1279338
1   2   3   4
Bog'liq
TANQIDIY VA KREATIV TAFAKKURNING MOHIYATI, ILMIY-NAZARIY TAVSIFI

Кreativ tafakkur esa tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchitushuncha sanaladi. Kreativ fikrlash o’qituvchi faoliyatida yaqqol ko’rinib turishi lozim. Shu ma’noda o’qituvchining ijodkorligi kasbiy faoliyatiga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi.
Кreativlik–bu ijodiy qobiliyatlilik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo’lgan qobiliyati bo’lib, u kreativ tafakkur bilan bog’liq.
Кreativ tafakkur – bu shaxsning o’z oldida turgan vazifalarini nostandart hal etish hamda o’z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yo’llarini topish qobiliyatidir. Ya’ni kreativlik asosan boshqalarga o’xshamagan g’oyalarni o’ylab toppish, an’ana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni tez hamda samarali hal etish yo’llarini bilish hisoblanadi.
1
    • - potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti bo’lib, qanday sharoit bo’lmasin insonning kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida o’z g’oyalarini amalga oshirishidir.

2
    • - faoliyatdagi kreativlik–bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi.
      • J.Gilford kreativlikning belgilarini aniqlagan bo’lsa, M.N.Gnatko esa kreativlikning komponentlarini umumlashtiradi.

3
    • Кreativlikning belgilari (J.Gilford)
    • fikrning aniqligi (muayyan vaqt oralig’idagi g’oyalarning hajmi);
    • fikrning o’ziga xosligi (bir g’oyaning ikkinchisiga ko’chishi) originalligi, ya’ni umumiy qabul qilingan qarashlardan ajralib turuvchi g’oyani yaratish qobiliyati;
    • qiziquvchanlik, egiluvchanlik;
    • farazni ilgari sura olishlik, muammoni qo’ya bilishlik qobiliyati;
    • hayol sura olish, fantaziya qilish, nostandart muammolarni hal eta olish va h.k.

Кreativlikning komponentlari (M.N.Gnatko)

  • shaxsning o’ziga xos xususiyatlari (intelliktual, individual);
  • ijodkorlik imkoniyatlari;
  • ijodkorlik bilan fikrlash;
  • ijodkorlik bilan qarash;
  •  
  • bilimlilik;
  • yechim topa bilish;
  • tashkil etuvchanlik;
  • muammolarni mustaqil yechish.

Download 151.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling