1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida Asosiy savollar
Download 63.9 Kb.
|
1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya fanining maqsad va vazifalari
1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida Asosiy savollar: 1. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari 2. Asosiy kategoriyalari 3. Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi 4. Tarbiya fanining ilmiy-tadiqot metodlari Tayanch ibora va tushunchalar: tarbiya, ta’lim, nazariya, fan, asos, o’qitish, zaruriyat, qaror, bilim, ko’nikma, kompetensiya, amaliyot boshlang’ich sinf, kategoriya, pedagogika, psixologiya, metod, suhbat, test, maqsad, vazifa. Tarbiya fanining maqsad va vazifalari Ta’lim va tarbiya inson kamoloti, barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishida muhim bo’lgan omillardan hisoblanadi. Individning shaxs bo’lib shakllanashida tarbiyaning o’rni va ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 23-avgust kuni xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda maktablardagi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish zarurligi qayd etildi. Maktablarga buyuk allomalar, davlat va siyosat arboblari, mashhur sarkarda ajdodlarimizning nomlarini berish muhimligi taʼkidlandi[2]. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 422-sonli “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori[3] qabul qilindi va mazkur Qaror bilan “Umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi” tasdiqlandi. 2020-yil 10-iyulda esa O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 161-sonli buyrug’i chiqarildi[4]. Yuqoridagi qaror va buyruqqa binoan “Tarbiya” fani amaldagi quyidagi fanlarni qo’shish hisobiga tashkil etildi: 1) boshlang’ich sinflarda o’qitiladigan “Odobnoma” va “Vatan tuyg’usi” o’quv fanlari; 2) yuqori sinflarda o’qitiladigan “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslar” hamda “Dunyo dinlari tarixi” o’quv fanlari. Buning natijasida yangi fan shakllantirildi. Ushbu “Tarbiya” fanining metodologik asoslarini quyidagilar tashkil etadi: - ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlar; - tarbiya asoslari va manbalari; - tarbiya qonuniyatlari, metodlari va texnologiyalari; - tarbiyaning amaliy masalalari. Aynan mazkur asoslar o’quv fanining negizini tashkil etadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari bu asoslarni talab darajasida o’zlashtirishi kerak. Aks holda, ularning mazkur fan metodikasi bo’yicha kasbiy tayyorgarligi talab darajasida bo’lmaydi. Shuningdek, qaror bilan 2021-2022 o’quv yilidan boshlab “Tarbiya” fani bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining maqsadi - bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo’lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko’plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo’lishdek hayotiy talablarni qo’ymoqda. Yoshlarni ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo’llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshi va psixofiziologik imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqurroq singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o’rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etishdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi farmonida yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish vazifasi belgilangan bo’lib, unga ko’ra ta’lim muassasalarida Download 63.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling