1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida Asosiy savollar


Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 63.9 Kb.
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi63.9 Kb.
#1750124
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida

Tarbiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanini o’rganishda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ta’limga oid qaror va farmonlar talablariga mos ravishda bir qancha ta’lim-tarbiyaga oid fanlarga bog’liq holda olib borish maqsadga muvofiqdir.
Har qanday fanlarni o’qitishning maqsadi yosh avlodga to’g’ri tarbiya berish, ularning dunyoqarashini shakllantirishni bilish nazariyasining umumiy qonuniyatlari asosida hosil bo’lib, har qanday shaxs faoliyatida metodologik asos bo’lib xizmat qiladigan falsafa fanining roli beqiyosdir. Shuning uchun shaxs tarbiyasi jarayoni bilan shug’ullanadigan boshlang’ich ta’limda tarbiya fani falsafa fani bilan bog’liqdir.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fani ta’lim muassasalaridagi tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish shug’ullanganligi sababli pedagogika fani bilan uzviy bog’liqdir. Chunki pedagogika fani bola tarbiyasi va ularni o’qitish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan muassalarni amalga oshiradi. Tarbiyaviy ishlar tizimini amalga oshirish hamda uning samaradorlik darajasi shaxsning qanday tarbiya topganligiga bog’liq. Shuning uchun tarbiya jarayoni tarbiyaviy ishlar bilan bog’liq holda rivojlanganligi tufayli pedagogikaning qonuniyatlariga tayanadi.
Tarbiya ishlar jarayoni darsda va darsdan tashqarida tarbiyalanuvchilarning ma’lum bir faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bunda tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatini bilmasdan turib, tarbiya jarayonida yuqori samaradorlikka erishib bo’lmaydi. Shaxsning ruhiy holati va yosh xususiyatlarini o’rganadigan fan psixologiya fani hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish shaxsning psixologik xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun psixologiya, defektologiya, maxsus pedagogika fanlarining yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Tarbiya fanini o’qitish asoslari metodikasining fanlar bilan bog’liqligini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • falsafa

  • pedagogika

  • psixologiya

  • tarbiyaviy ishlar metodikasi

  • gigiyena

  • anatomiya, fiziologiya

  • etika

O’quvchilarni to’g’ri tarbiyalash, ularga ta’lim berish jarayonida ular organizmining rivojlanish bosqichlariga e’tiborni qaratish tarbiya tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Chunki o’quvchi organizmining rivojlanishini bilmasdan unga ta’sir ko’rsatib bo’lmaydi. Anatomiya, fiziologiya fanlari odam organizmi, uning rivojlanishi, tuzilishini o’rgatuvchi fan hisoblanadi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’limda tarbiya fani anatomiya, fiziologiya fanlari bilan chambarchas bog’liq ish ko’radi.
Har qanday tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning gigiyenik qoidalariga asosan tashkil etishda yaratilgan shart-sharoitlar muhim rol o’ynaydi. Ko’rinib turibdiki, boshlang’ich ta’limda tarbiya fani gigiyena fani bilan ham bog’langan.
Tarbiya jarayonida o’quvchilarning axloqiy sifatlari tarkib toptirish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Axloq normalarini o’quvchilar ongiga singdirish zarur. Axloq normalari va axloqshunoslik bilan etika fani shug’ullanadi. Shunday ekan, boshlang’ich ta’limda tarbiya fani etika bilan ham uzviy bog’liqdir.

Download 63.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling