1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida Asosiy savollar


Birinchi tashabbus — yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish


Download 63.9 Kb.
bet2/4
Sana06.11.2023
Hajmi63.9 Kb.
#1750124
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu. Tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida

Birinchi tashabbus — yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish.
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish.
Uchinchi tashabbus — yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish.
To’rtinchi tashabbus — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish.
Beshinchi tashabbus — o’quvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb qilish, kabilar tadbiq etildi[1] va bular asosida
Umumta’lim maktablari o’quvchilarining muntazam sport turlari bilan shug’ullanishga jalb etish;
Umumta’lim maktablari o’quvchilarini san’at yo’nalishidagi to’garaklarga jalb etish;
Umumta’lim maktablari kutubxonalarini lotin grafikasidagi badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash;
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida robototexnika, axborot texnologiyalari va dasturlash kabi zamonaviy to’garaklar ulushini oshirish;
Umumta’lim maktablarida “Tikuvchilik”, “Oshpazlik” va “Qandolatchilik” yo’nalishlaridagi to’garaklarga o’quvchi-qizlarni jalb etish evaziga o’quvchilarning zamonaviy kasbarni egallashi, barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalalari hal etila boshlandi.
Fanning vazifalari:

  • komil insonni voyaga yetkazishning bir butun holatdagi muammolarini hal qilish;

  • ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish sharoitida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;

  • nazariy bilimlarni ta’lim muassasalarining amaliy hayoti bilan bog’lab o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish;

  • rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga doir eng ilg’or tajribalarni bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarga chuqurroq o’rgatish va amaliyotda qo’llashni tashkil etish.

Asosiy kategoriyalari
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, axloq, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.
Boshlang’ich ta’limda tarbiya fanining asosiy kategoriyalari
Shaxs – bu psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir.
Ta’lim - o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
Bilim - shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko’nikma - shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati, qobiliyati.
Malaka - muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shaklidir.
Kompetensiya - egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Shakllantirish - shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni.
Rivojlanish - shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayonidir.

Download 63.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling