2-Mavzu Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi funksiyalari va bosqichlari
Mavzu rejasi:
1. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi funksiyalari.
2. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bosqichlari
3. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi asosiy omillari va mezonlari.
Mashg‘ulotni o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan topshiriqlar
1. «Tarbiyaviy faoliyatda hamma vaqt ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinmi?» mavzusida aqliy hujumni o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar
1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi.
2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketliqsa yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi.
3. Xamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.
2. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi funksiyalari va bosqichlari mavzusini o‘zlashtirilishiga doir blits-so‘rov savollari
1. Tarbiya deganda nima tushuniladi?
2. Tarbiyaning tor va keng ma’nolardagi ifodasini izohlang.
3. Tarbiyaviy faoliyat deb nimaga aytiladi?
4. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish funksiyalarini ayting.
5. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi bosqichlari qaysilar?
6.Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi asosiy omillarini ayting.
7. Tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi asosiy mezonlarini izohlang.
3. “Insert metodi” asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni belgilash
Topshiriqni bajarishga doir ko‘rsatma.
Quyida berilgan ma’naviy-axloqiy fazilatlar bilan tanishing. Insert belgilari asosida ular orasidai yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni belgilab oling:
«+»- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga tegishli ekanlikni; «-» — tegashli emaslikni; «?» - aniq tasavvurga ega emaslikni ifoda etadi.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar majmui.
1.Insonparvarlik. 2. Oliyjanoblik. 3. Saxiylik. 4. Rostgo‘ylik. 5. Mas’uliyatlilik. 6. Tartiblilik. 7. Ozodalik. 8. Halimlik. 9. Mehnat-sevarlik. 10. Mehribonlik. 11. Hamdardlik. 12. Ochiqko‘ngillilik. 13. Mehmondo‘stlik. 4. Halollik. 15. Mag‘rurlik. 16. Do‘stlik. 17. Sabrlilik. 18. Qanoatlilik. 19. Xushchaqchaqlik. 20. Xushmuomalilik. 21. Orastalik. 22. Iboli bo‘lish. 24. Kamtarlik. 25. Kamsuqumlilik. 26. Adolatparvarlik; 27. Iq-rorlik. 28. Tolerantlik. 29. Oqillik. ZO.Odillik.
Do'stlaringiz bilan baham: |