1-mavzu. Tarix o‘qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari. Tarix darsi, tuzilishi, uning turlari va zamonaviy talablar Reja


Tarix o’qitish jarayoni ikki yo’l bilan o’rganiladi


Download 162.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana11.01.2023
Hajmi162.43 Kb.
#1089588
1   2   3   4
Bog'liq
1- маъруза (2)

Tarix o’qitish jarayoni ikki yo’l bilan o’rganiladi.
Birinchisi, kuzatish metodidir. Bu metoddan foydalanganda turli xildagi o’quv-
metodik adabiyotlar, o’quvchilarning yozma ishlari, ma’ruzalari, ularning javoblari, 
o’qitishga berilgan baho va xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar kuzatiladi, 
o’quvchilarning bilimi va malakalari o’rganiladi.
Shunday qilib, kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi tarix o’qitishning mavjud 
tajribasi doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy ravishda kuzatadi va o’rganadi. 
Ikkinchisi eksperiment metodi. O’qituvchi o’qitish jarayonini o’zi xohlaganicha 
uyushtiradi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning bu ishi ilmiy eksperimentga o’xshab ketadi. 
Biroq, o’qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning ilmiy eksperimentdan farqi, avvalo shundaki,
o’qituvchi darsda amaliy vazifani hal qiladi, uning xuloslari esa, o’z faoliyatining natijasi 
bo’ladi. Ilmiy eksperimenda ko’pchilik o’qituvchilarning ishi uchun umumiy bo’lgan 
qonuniyatlar tadqiq etiladi, chiqarilgan xuloslar ilmiy asosda rasmiylashtiriladi. Shuning 
uchun ham tarix o’qitish jarayonini tadqiq etishdagi kuzatish metodini eksperimental 
tadqiqotdan farq qila bilish kerak.
Metodika fanini o’rganishda talabalar pedagogika va psixologiya kurslaridan olgan 
bilimlariga tayanadilar, bu fanlar ham jahon va vatan tarixi bilan bevosita bog’langan. Shuningdek 
talabalar quyidagi fanlarni ham puxta egallashlari kerak: 
-tarix – tarixiy bilimlarni darajasini o’rganishda; 
-filosofiya – sivilizatsion rivojlanishning tarixiy jarayon ekanligi tahlil etishda; 
-pedagogika – shaxsni kamol toptirish, o’qitish va tarbiyalash vazifalarini hal etishda; 
- psixologiya – insonning psixologik jihatlarini o’rganishda; 
-sotsiologiya fanlari– o’quvchi shaxsi va uni jamiyatdagi o’rnini aniqlashda muhim 
ekanligi ta’kidlanadi
1

Tarix o’qitish metodikasi tarix fani bilan o’zviy bog’liqdir. Tarix o’qitish o’quvchilarga 
tarixiy voqelikni bildirishdan iboratdir. Shu jihatdan o’quvchilarning tarixiy voqelikni bilish 
yo’llari tarixiy tadqiqotga o’xshab ketadi. O’quvchilar tarixni o’rganishda olimlar tomonidan ilmiy 
jihatdan tekshirilib ko’rilgan va tahlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy xulosalarga asoslanishi 
bilan birga, ba'zan faktlarni yanada aniqlash, tarixiy faktlardan umumiy xulosalar chiqarish, 
umumiy xulosalardan yangi faktlarni o’rganish uchun foydalanishlari mumkin. Biroq, 
o’quvilarning tarixni o’rganishi ilmiy tekshirishidan farq qiladi. O’qitish jarayonida o’quvchilar 
tarix fanini va uning ba'zi tadqiqot metodlaridan bilib oladilar.
Shunday qilib, tarix fani va tarix o’qitish metodikasi o’zining alohida o’rganish ob'ekti, 
vazifasi hamda tadqiqot metodiga ega. Tarix fani kishilik jamiyatining taraqqiyoti jarayonini 
o’rganadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot qonunlarini bilish o’tmish va hozirgi zamonni 
yaxshiroq tushunib olishga, kelajakni oldindan ko’rishga imkon beradi. 
Metodika o’qituvchilarni o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitish 
jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi qonuniyatli aloqalarni ochib berish bilan birga 
1
Т. Н. Глазырина. Методика преподавания истории. Учебно-методический комплекс для студентов. 
Министерство образования Республики Беларусь. «Полоцкий государственный университет». 2011.cт -6 


o’qitishning samaradorligini oshira borish maqsadida tarix o’qitish jarayonini tadqiq etish 
metodlari bilan ham qurollantiradi. Metodika tarix fani asoslarini ochib berish maqsadida tarixiy 
manbalar, faktlar va umumiy xulosalardan foydalanadi. O’qitish metodikasi tarix fanining ba'zi 
bir tekshrish 
metodlaridan foydalanar ekan, o’quvchilarning bilimlarini yaxshiroq 
o’zlashtirishlarini va ularni tarix fanining ba'zi tadqiqot metodlari bilan tanishtirishni ko’zda 
tutadi. O’quvchilarning yangi faktlarni tahlil etish va ulardan zarur xulosalarni chiqarish paytida 
o’rgangan bilimlari juda ham mustahkam va ishonarli bo’ladi, shuningdek, o’quvchilar mustaqil 
fikrlashga o’rganadi, bu ularni tadqiqot olib borishning dastlabki usullari bilan tanishtirishga 
yordam beradi. 
Shunday qilib, o’z predmeti, vazifalari va tadqi etish metodlariga ega bo’lgan tarix o’qitish 
metodikasini tarix fanlari qatoriga kiritib bo’lmaydi.
Tarix o’qitishda o’quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va umuman psixik 
faoliyatini e'tiborga olmasdan turib, ularning o’quv faoliyatiga samarali ta'sir etib o’lmaydi. Shu 
sababli metodika psixologiya fani bilan chambarchas bog’liqdir.
Tarix o’qitish jarayonida ustod va shogirdlar o’rtasida ma'naviy yaqinlik, sog’lom va 
estetik kayfiyat vujudga keltirishi o’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradi, darsning 
samaradorligini oshiradi.
Psixologiya fani o’quvchilardagi psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarni o’rganadi, 
metodika esa o’quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materialni o’zlashtirishlari bilan 
bog’liq bo’lgan tomonlarinigina tadqiq qiladi. Shuningdek, uning o’quvchilardagi psixik faoliyatni 
tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatning umumiy 
qonuniyatlarini o’rganadi, metodika esa, tarix o’qitishning mazmuni va metodik usullar bilan 
psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o’rtasidagi qonuniyatli bog’lanishlarni o’rganadi. 
Demak, har ikkala predmetning o’rganadigan ob'ektlari qisman o’xshash bo’lsa-da, vazifalari 
boshqa-boshqadir.
Shunday qilib, tarix o’qitish metodikasi o’qitishda yaxshi natijalarga erishish, 
o’quvchilarning tarixiy materialni puxta o’zlashtirishi bilan faoliyati o’rtasidagi qonuniyatli 
bog’lanishalarni ham o’rganadi, o’quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda psixologiya faniga 
suyanadi, o’quvchilarning psixik faoliyatini o’rganishda psixologik tekshirish metodlaridan 
foydalanish yo’llarni ham ko’rsatib beradi. Metodika ta'lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani
uning tarkibiy qimi bo’lgan didaktika bilan chambarchas bog’langan, uning mustaqil bir 
tarmog’idir. Metodika pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix o’qitish 
jarayonini ham, pedagogik jarayon o’qitishda yaxshi natijalarga erishishni ko’zda tutadi. O’qitish 
jarayoning o’rgatish metodlari pedagogik metodlar bo’lib, o’qitish natijalarining ko’rsatkichlari 
ham pedagogik ko’rsatkichlardir. Shunday qilib, tarix o’qitish metodikasi pedagogika fanining 
mustaqil bir tarmog’i bo’lib, u o’zining mustaqil tekshirish predmetiga ega. Metodika fanining 
nazariy qismini egallash tarix o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini yosh avlodga ta'lim-
tarbiya berish va kamol toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga 
yordam beradi.
Tarix ta'limining mazmuni va sinf o’quvchilarining umumiy saviyasiga qarab bilishning 
umumiy qonuniyatlari turlicha namoyon bo’ladi. Tarix o’qitish metodikasi o’rganadigan eng 
muhim qonuniyatlardan biri o’qitish jarayonining rivojlanish qonuniyatlaridir. Bu rivojlanish 
ta'lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishi, bilimi, ko’nikma, malakalari hamda tafakkurining 
o’sib borishida namoyon bo’ladi, ayni bir vaqtda o’quvchilarning har tomonlama yanada kamol 
topishini ta'minlaydi. Tarixning har bir kursi, uning bo’limi va har bir mavzusi o’quvchilarning 
bilim olishi, ko’nikma, malakalarga ega bo’lishi va kamol topishida muhim bir bosqich bo’lib 
xizmat qiladi. Binobarin, o’qituvchi tarix o’qitish jarayonida o’quvchilarning bilim va malakalarni 
egallashi, kamol topishi sohasida bosib o’tilgan bosqichlarni, bunday keyin bosib o’tiladigan 
bosqichlarni oldindan ko’ra bilishi lozim. Bunga faqat tarix o’qitishning ilmiy asoslarini puxta 
egallash va amalda unga suyangan holda ish tutish asosidagina erishish mumkin. 
Dars – o‘quv va tarbiyaviy ishlarning asosiy tashkiliy shakli. Ta’limni tashkil etishning 
yordamchi shakllari. O‘qituvchining darsdagi ishi barcha o‘quvchilarning darsning o‘zidayoq 


o‘rganilayotgan bilim asoslarini egallashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni hosil qilishlari uchun 
asosiy zamin ekanligi. Dars turlari va tuzilishi. Tarix darsi va ularga qo‘yiladigan talablar. 
Darsning bosh g‘oyasi va uning tarbiyaviy vazifalarini to‘g‘ri va aniq belgilab olish. Dars 
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarni tarixiy voqealar ustida mustaqil fikrlashga, o‘rganilgan tarixiy 
meteriallardan tegishli xulosalar chiqarishga o‘rgatishi muhim ekanligi. O‘quvchilarni 
ko‘rgazmali vositalar tayyorlashga o‘rgatish. Tarix o‘qituvchisi har bir dars mavzuni aniqlashda 
tarixiylik (istorizm) sistemalilik va izchillikka doimo ijodiy yondoshib borishi lozimligi. Tarix 
darslari xillarini hamda tuzilishini o‘rganishda mashhur metodistlar A. A. Vagin, S. V. Ivanov, V. 
A. Bernadskiy, M. A. Zinovyev, P. S. Leybengrub tajribalari va tadqiqotlaridan foydalanilishi.
Tarix o‘qitish metodikasiga doir uslubiy va didaktik adabiyotlarda tarix o‘qitishga bo‘lgan 
zamonaviy talablar. Tarix darslari tahlili va ularning turlari. Dars tahlil etishdagi aniqlilik. Dars 
tahlil qilish tartibi va uning ilmiy ahamiyati. Zamonaviy tarix darslarining mazmuni mustaqil 
O‘zbekiston Respublikasining yoshlari orasida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy 
ishlar vazifalariga mos kelishi. 
 Ma’lumki dars maktabda o'quv ishlarining yagona shakli emas. Ekskursiya, individual va 
guruhlarda olib boriladigan mashg'ulotlar, imtihonlar oldidan o'tkaziladigan konsultatsiyalar ham 
o'quv jarayonining turli shakllarini tashkil etadi. Shuning uchun ham bularning hammasi 
mashg'ulotlarning yordamchi turlarigina bo'lib, darsning o'quv jarayonida hal qiluvchi funksiyasi 
o'rnini egallay olmaydi. Boshqa fanlar kabi tarix o'qitishda ham dars o'qish turini asosini tashkil 
etadi. 
Darsning mazmuni tarixni o'rganish, ya'ni o'quvchilarga o'quv dasturida mo'ljallangan 
meyordagi ma’lum tarixiy bilimlar majmuasini va shu tarixiy ashyolar asosida o'quvchilarni 
ma’naviy jihatdan tarbiyalamoq lozim. 
Tarix ta’limi murakkab va ko'p qirrali jarayonni tashkil etadi. Dars jarayonida biz so'rash 
yoki suhbat davomida o'quvchilar bilimini tekshiramiz, ularni ilgari o'tilgan mavzular yuzasidan 
olgan bilimlarini yanada mustahkamlaymiz, o'rganilayetgan tarixiy materialni tahlil etish va 
umumlashtirish yo'li bilan uning mazmunini o'quvchilar tomonidan atroflicha o'zlashtirib 
olishlariga harakat qilamiz. Shuningdek, dars davomida o'quvchilarni yangi tarixiy tushunchalarni 
samarali o'zlashtirishlari uchun o'zlarida mavjud bo'lgan ilgarigi tarixiy material asosida ularning
bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish, tizimlashtirish xususida izchillik bilan ish olib boriladi. 
Eng asosiysi, dars davomida o'quvchilarni o'rganilayotgan tarixiy material ustida samarali ishlash 
kobiliyatlari va malakalarini shakllantirib borishga erishmog'imiz lozim. Chunonchi: o'quvchi dars 
jarayonida tarixiy haritalar bilan erkin ishlashi va ularga qarab aniq mo'ljal olmoqlari, tarixiy 
hujjatlar va o'lkashunoslik materiallari ustida mustaqil ishlay bilishi, ularni qiyosiy takkoslashi, 
tarixiy faktlarni to'g'ri tahlil eta bilmog'i lozim. Bularning hammasi tarix darsining (umuman 
ijtimoiy fanlardan, jumladan inson va jamiyat kursidan o'tkaziladigan har qanday darsning) 
didaktik tomonini xarakterlaydi, uning g'oyaviy mazmunini atroflicha ochib berishga xizmat 
qiladi. 
Tarix darsi qator ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni hal etishga qaratilganligi bilan 
xarakterlanadi. Tarix darsida ta’lim-tarbiya vazifalarining ko'pqirraligi uni o'qitishda 
qo'llaniladigan ko'p xilli metodlar bilan tavsiflanadi. 
Darsning afzalligi yana shundan iboratki, unda o'qituvchilar bilan har bir o'rganilayetgan 
tarixiy materiallarning sinfda frontal va individual ish olib borish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Biroq, tarix darsi oldida ta’limiy va tarbiyaviy, g'oyaviy va siyosiy vazifalarning qanchalik 
ko'p ekanligiga qaramasdan, alohida olingan har bir dars butun dars tizimsida ichki birlik va 
tugallikni tashkil etadi. 
Avvalo har bir dars o'z mavzusiga, nomiga ega bo'ladi. o'qituvchi esa uz navbatida davlat 
o'quv dasturi va darslikning mazmuniga qarab mazkur darsda o'rganiladigan mavzuni aniqlaydi. 
Tarix o'qituvchisi har bir dars mavzusini aniqlashda tarixiylik, tizimlik va izchillik doimo 
ijodiy yondoshib bormog'i lozim. Dars davomida o'rganiladigan mavzuning materiali bir necha 
masalalarga (savollarga) bo'lish, o'z navbatida mazkur darsning aniq rejasini tuzishga yordam 


beradi. Dars rejasi necha punktdan iborat bo'lishi bevosita o'rganilishi kerak bo'lgan mavzuning 
mazmunidan kelib chiqmog'i kerak.
Mazkur o'rinda biz darsning rejasi albatta shuncha punktdan bo'lmog'i zarur degan 
ko'rsatmani standart sifatida tavsiya etmaymiz. Shu joizdan tarixchi metodist A.A.Vaginning dars 
rejasi punktlari odatda ikkitadan kam bo'lmasligi va besh-oltitadan ko'p bo'lmasligi kerak degan 
ko'rsatmasini o'rinsiz deb bilamiz. 
A.A.Vagin tarix darsi nazariyasi xususida fikr yuritar ekan, "dars mavzusi va uning rejasi 
o'quvchilarga ma’lum qilinishi kerak",-deb ko'rsatadi (Vagin A.A. Metodika prepodavaniya
istorii v sredney shkole. -M.:Prosvesheniye, 1968.-S.336). Biroq, dars rejasi o'quvchilarga qanday 
ma’lum qilinishi kerakligini aniq ko'rsatmaydi. Ogzakimi, yozmami, hammasi birdaniga o'qib 
eshittirilishi yoki yozib ko'rsatilishi kerakmi yoki birin-ketinmi? Respublikamiz ilg'or 
tarixchilarining tajribasi dars rejasini yoki sinf doskasiga har bir punktni navbati bilan bayon qilib 
borish jarayonida yozishni, yoinki ko'chma doskada bir yo'la yozilgan rejani sinf doskasining bir 
chekkasiga ilib qo'yilgan xolda foydalanish afzalligini tasdiklagan. 
Har bir tarix darsining o'z mavzusi va o'z rejasiga ega bo'lishi aksiomadir. Bir necha 
darslarni birlashtirgan katta mavzular albatta alohida darslar mavzulariga bo'linmog'i shart. 
o'qituvchi hech vaqt darsni o'tgan mavzuning yakuni va yangi mavzuning boshlanishi sifatida 
o'tishga yo'l qo'ymaslik kerak. Fikrimizcha, bu talab nafaqat o'rta umumta’lim yoki maxsus o'quv 
yurti uchun bo'lmasdan, ayniqsa hamma oliy o'quv yurtlari uchun ham ma’ruza va seminar 
mashg'ulotlari uchun bo'lgan asosiy shartlarning ajralmas qismini tashkil etmog'i darkor. Gap 
shundaki, mavzutik birlikning buzilishi darsning g'oyaviy yo'nalishini, talabalarni sinfda olib 
boradigan mustaqil ishlarini, uy ishini bajarishni to'g'ri tashkil etishni izdan chiqaradi. 
Har bir dars nafaqat o'z mazmuni bilan balki uning ustida ishlash xarakteri jihatidan ham 
bir butun tugallangan mavzu, muammo bo'lmog'i lozim. o'qituvchi darsni bayon qilish jarayonida 
ishni shunday usul va turlarini mohirlik bilan qo'llamog'i kerakki, bu usul o'quvchilarni uy 
vazifalarini mustaqil bajarishda unga dasturul amal bo'lsin. Dars davomida bayon qilingan 
material albatta shu darsda atroflicha tahlil etilmog'i, fikrlashib olinmog'i kerak, ana shunday 
qilingandagina o'qituvchi darsni didaktik tomonidan to'g'ri tashkil etgan, o'quvchilarga 
o'rganilayotgan material mazmunini to'g'ri qabul qilishga yo'naltirgan, mavzudan kelib chiqqan 
mazmunning o'quvchilar shaxsiy e’tiqodlariga o'sib o'tishini ta’min etgan bo'ladi. 
Biroq, dars mavzusining aniq belgilash va uni bayon qilish rejasining mavjudligini o'zi 
darsning muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etmaydi. Darsning to'la muvaffaqqiyatli chiqishini 
ta’minlash uchun uning g'oyaviy yo'nalishini aniqlab olmoq lozim. 
Darsning asosiy g'oyaviy mazmuni, uning ta’limiy va tarbiyaviy vazifalari dars jarayonida 
o'rganilayetgan tarixiy voqelikning moxiyati, qonuniyatlari, sababi, natijalari va ahamiyatining 
to'g'ri bayon qilishidagina to'la amalga oshishi mumkin. 
 

Download 162.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling