1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish
Download 150.33 Kb.
|
кундалик хисобот
1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish. Men Normatov Bohodirjon Latibjon o’g’li 13.03.2023 dan 15.04.2023 gacha “Xalq Banki ” Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tuman filialida malakaviy amaliyotda bo’ldim. Amaliyot vaqtida bankning mijozlarga ko’rsatadigan xizmatlari bilan tanishdim va o’rganishga harakat qildim. Iqtisodiyotning muhim subyekti bo‘lgan banklar faoliyatini o‘rganish, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilish iqtisodiyotni samarali boshqarishda muhim omil sanaladi. Xalq banki Qo`rg`ontepa filiali 2002-yilda tashkil etilgan. Oʻzbekiston davlat aksiyadorlik tijorat banki. Bankning asosiy eʼtibori iqtisodiyotning muxim barcha soxalariga qaratilgan. Xalq banki mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 196 ta tuman (shahar) filiali, 106 ta bank xizmatlari markazi, 2260 ta bank kassalari , 325 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 168 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 347 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 4.78 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. Xalq banki o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning barcha sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan. Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 11 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi. Xalq bankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 34 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Xalq bank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir. Xalq bank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 23.1 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Xalq banki Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan. «VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi. Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan. Xalq bankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi. Download 150.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling