1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish


Amaliyot o`tash joyidan tayinlangan raxbar


Download 150.33 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi150.33 Kb.
#1525566
1   2   3   4   5
Bog'liq
кундалик хисобот

Amaliyot o`tash joyidan tayinlangan raxbar: E.Mamatov
3-mavzu.Bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganish, tizimlashtirish, qayta ishlash va tahlil qilish.
“Xalq banki” Andijon viloyati Qo`rgontepa filiali aktivlari tarkibi va ularning joylashishi hamda sifatining tahlili.
Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko‘rsatiladi. Shuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari deb yuritiladi.
Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi. Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbobuskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi. Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi.
“Xalq bank” ATBning 2022-yil 4-chorak hisobotiga ko’ra bankning jami aktivi 23 604 477 873 ming so’mni tashkil qilgan. Aktivlar tarkibini tahlil qiladigan bo’lsak, eng ko’p ulush kredit va lizing operatsiylariga to’g’ri keladi.

Bank aktivlarining tasniflanishi:



  • bank kreditlari – 19,9 dan to 83,2 foizgacha;

  • investitsiya va qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar – 2,1 foizdan to 23,9 foizgacha;

  • kassadagi naqd pullar – 0,2 dan 12,9 foizgacha;

boshqa turli aktivlar, ya’ni asosiy fondlarga qo‘yilmalardan tortib, to bankning turli hisob operatsiyalarigacha – 0.2 foizdan to 7,8 foizgachani tashkil qiladi.
“Xalq Banki” ATB faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va ularning daromadlari va xarajatlariga ta’siri.




Download 150.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling