1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish
Download 150.33 Kb.
|
кундалик хисобот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq Banki” ATB kapital tarkibi tahlili.
Berilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibtiki, bank aktivlarining daromadlilik darajasi 0.28 foizni tashkil etgan va bank kapitali har bir so’m uchun 1.71 nisbatda daromad keltirmoqda. “Xalq bank” ATB tomonidan xo’jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili. “Xalq bank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga quyidagi ko‘rinishdagi kredit turlarini taqdim etishi mumkin: -avtokredit (avtomobil vositalari xarid qilish uchun kredit); -ipoteka kreditlari; -maishiy texnikalar uchun kreditlar; -mikroqarz va boshqalar. Quyida biz avtokredit misolida mijozlarga kreditning berilishi, uning rasmiylashtirilishi, foiz hisoblanishi hamda qaytarilishigacha bo‘lgan jarayonlarni va uning moliyaviy ko’nikmalar hamda ular bilan bog‘liq hujjatlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Avtokredit – bunda mijozlar quyidagi bosqichda kreditdan foydalanishlari mumkin hisoblanadi: Mijoz tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi; Kredit bo‘yicha mutaxassis kredit olish imkoniyatini baholaydi Bankda hisobraqam ochiladi; Mijoz tomonidan avtosalon bilan tuzilgan shartnoma va boshqa boshlang‘ich hujjatlar bankka topshiriladi; Ariza tasdiqlangach esa, bank tomonidan kredit mablag‘i dilerning hisob raqamiga ko‘chirib beriladi. Kredit shartnomasi rasmiylashtirilgandan so‘ng, bankda kredit berilishi bo‘yicha majburiyat yuzaga keladi hamda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 91809 – “Banklarning kredit va lizing berish majburiyatlari” Kt 96351 – “Bankning kredit berish majburiyati bo‘yicha kontr- hisobvarag‘i”. Garovga olingan mulk bilan bog‘liq rasmiylashtiriladigan hujjatlar kredit bo‘limi xodimlari tomonidan konvertga solinadi va yelimlanadi hamda kassaga topshiriladi. Mazkur hujjatlar solingan konvert bir so‘m miqdorida balansdan tashqari schyotga kirim qilinadi. Bunda garov to‘liq summada hisobga olinadi. Garov hujjatlari kassada saqlanadi. Kredit va hisoblangan foiz to‘liq qaytarilganda ta’minot balansdan tashqari hisobvaraqlardan hisobdan chiqariladi. Buxgalteriya balansi ma’lumotlariga ko’ra “Xalq bank” ATB ning jami passivlari 2022 yilda 45 315 961 610 ming so’mni tashkil etgan va bu asosan mijozlar hisobvaraqlaridagi mablag’larning oshgani sababli ro’y bergan. Bankning o’z kapitali 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 175386016 ming so’mga ko’paygan. Uning salmog’i esa jami passivlarning 14.7 foiziga teng. Mijoz hisob varag’idagi mablag’lar 2-chorakda 1-chorakka nisbatan 3.3 foizga ortgan. Jalb etilgan va qarz mablag’lari hamda aholi jamg’armalari ham o’sish tendensiyasiga ega.
Download 150.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling