1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish


-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish


Download 32.54 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.54 Kb.
#1558849
1   2   3   4
2-mavzu. Korxona (tashkilot) personali mehnatini tashkil etishni o‘rganish
Mehnatni tashkil etish nazariya va amaliyotga asoslangan holda korxonada ish jarayoni unsurlarini uyushtirish tartibi va tamoyillari. Mehnatni tashkil etishning iqtisodiy vazifalariga milliy iqtisodiyotda inson va moddiy resurslardan oqilona foydalanish, mahsulot ishlab chiqarishni va uning sifatini oshirish; sanitariya gigiyena va ruhiy fiziologik vazifalariga ishchixodimlar sogʻligʻini muhofazaetish, mehnat sharoitlarini belgilangan standart va meʼyorlarga mosligini taʼminlash; ijtimoiy vazifalariga mehnatning mazmuni, uning ijodiyligini, kishilarning maʼnaviy kamoltopishini rivojlantirish, ularning ijtimoiy muhofazasini tashkiletish; tashkiliy vazifalariga har bir ish joyini tashkil etishda ergo-nomik talablarga muvofiklikni taʼminlash kiradi.
. Hozirda mehnat sohasiga oid qonunchilik hujjatlari va bu sohani tartibga soladigan me'yoriy – huquqiy manbaalar yuzasidan hududiy boshqarmalar va filiallar xodimlar bilan ishlash menejerlari uchun o'quv-treninglar amalga oshirilmoqda.
Tashkil etilayotgan o‘quvlar malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda
O‘quvlar kadrlar xizmati faoliyati, xodimlarni ishga qabul qilish tartibi, shartnomalarning o'ziga xos xususiyatlari va ularga qo'yiladigan talablar, samaradorlikni rag'batlantirish masalalari, mehnat, damolish, ta'tillar me'yorlari va qoidalari, nizoli vaziyatlar va mehnat qonunchiligi kabi keng amaliy jarayonlarga qaratilgan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib topishi personalni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mavqelarini saqlab qolishi,
ularning raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida personalni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ilmiy va amaliy usullari to‘g‘ri tanlanishini talab etadi.
Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda kadrlar boshqaruv tizimi.

Nurota tumani Moliya bo'limi bajaradigan xususiy bo‘limlar va boshqa bo‘linmalar bilan tarqoq holda ish olib borardi. Shu sababli ham, kadrlar bo‘limi xodimlarni boshqarish va ularga me’yoriy ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega emasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda personalni boshqarish sohasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari: ya’ni, ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil qilish va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlar boshqarish tizimini axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash va baholash; kadrlar potensiali va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish; xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi, ergonomikasi va mehnat etikasidan iboratdir. «Personalni boshqarish» fanining predmeti korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir. Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda personalni boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay biladigan darajadagi ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi personalni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ya’ni, «Personalni boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonlaridan iborat. Ushbu «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturda nazariy faoliyat.



Download 32.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling