1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish


-mavzu. Mehnatga haq to`lashni va kadlar salohiyatini o‘rganish


Download 32.54 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi32.54 Kb.
#1558849
1   2   3   4
3-mavzu. Mehnatga haq to`lashni va kadlar salohiyatini o‘rganish
Kadrlar siyosati va uning sanoat taraqqiyotidagi roli Sanoat taraqqiyotining muammolari umumiy majmuida uni xodimlar bilan ta'minlash masalasi , ularning manbalari , tayyorlash va qayta tayyorlash shakllarini hamda ulardan oqilona foydalanish masalalarini aniqlash alohida o'rin egallaydi . Ayniqsa , bozor iqtisodiyoti sharotida sanoat korxona ( firma ) larni kadrlar ( xodimlar ) bilan ta'minlash va ulardan oqilona foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi . adriai Oʻzlarining bilim 7 Xodimlar ( kadrlar ) o'zlarining bilimi va ilmi , mehnat malakasi , ishlab chiqarish tajribasi va ma'naviyati bilan ishlab chiqarish kuchlarining muhim unsuri hisoblanadi . Ular fan - texnika taraqqiyoti rivojining , mehnat unumdorligini oshirish , asosiy va aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash , mahsulot sifatini oshirishning va uning tannarxini pasaytirishning barcha sohalari , barcha tomonlarining samaradorligini belgilaydilar . Shu sababli ham « Hamma ishlarni kadrlar , hal qiladi » - degan mashhur qoida hozirgi kunda ham aslo o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q . Aksincha , bu asosiy fikr hukumatimiz qarorlarida o'z isbotini topmoqda. Sanoat ishlab chiqarishida nafaqat mehnat qurollari va mehnat buyumlari ( ishlab chiqarish vositalari ) , balki kadrlar ham alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan kadrlar ishlab chiqarishni boshqaradilar , Joriy va istiqbolga tegishli rejalashtirishni va bashorat qilishni amalga amalga oshiradilar , Ishlab chiqarish vositalari va moliyaviy resurslarni harakatga keltiradilar . Kadrlarning bilimi , ilmi , kasbiy mahorati qanchalik yuqori bo'lsa , sanoat faoliyatining ishlab chiqarish iqtisodiy parametrlari shunchalik yuksak bo'ladi . Demak , sanoat ishlab chiqarishining ahvoli , holati , rivoji uning kadrlar potensiali bilan belgilanadi . Shu yerda « potensial » atamasining ma'nosini tushuntirib o'tish kerak bo'ladi , chunki bu tushuncha bozor iqtisodiyoti sharotitida juda ko'p ishlatiladi . O'zbek tilining izohli lug'atida « potensial » so'zi lotincha « potentia » so'zidan olinganligi. Mehnat qilish qobiliyati aks etadi va ishlab chiqarishining muvaffaqiyati pirovard natijada rahbar kadrlarning yetukligiga , bilim va ilmining darajasiga , ish malakasi hamda tashkilotchilik qobiliyatiga , ularni to'g'ri tanlash , joy - joyiga qo'yish va tarbiyalashga bog'liqdir . Davlat kadrlar siyosatini Jamiyat hayotining barcha tomonlariga rahbarlik saviyasini oshirish bilan , iqtisodiy - ijtimoiy va madaniy hayotning barcha sohalarida jamoa tashkilotlarining rahbarlik rolini kuchaytirish bilan bevosita bog'laydi .

Download 32.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling