1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish.
Korxona tashkil qilish jarayonlari asosan quyidagi ketma-ketliklarda amalga oshiriladi. Dastavval korxonaning ustavi, uning nomi, yuridik manzili (agar o’z balansida ko’chmas mulk mavjud bo’lmasa, ijaraga ko’chmas mulk olishi zarur), ta’sischilari (ta’sis xujjatlari), tayinlangan direktor (bosh direktor), muhr, bank rekvizitlari kerak bo’ladi. “AK TRANSPORTATION” Ma`suliyati cheklangan jamiyati(MChJ) 2022-yil 18-yanvarda tashkil etilgan jamiyat direktori ustav bo`yicha Karimov Alibek va ustav fondi 235 970 000,000 UZS bulib, jamiyat Xalqaro va shaharlararo avtomobilda yuk va yo`lovchi tashish bilan o`z faoliyatini yuritib kelmokda 2022 -2023 yil mart oyi xolatiga jamiyat xalqaro yuk tashish bo`yicha 26 ta tashuvni amalga oshirgan bo`lib 178 million sumlik va valyutada daromat keltirilgan.Hozirgi kunda jamiyat balansida 4 ta va ijara asosida 12 ta yuk tashish avtomobillari(Tentli) xalqara yuk tashish faoliyatini amalga oshirilib kelmoqda.
“AK TRANSPORTATION” MChJ Xalqaro yuk tashish bo`yicha 7 ta davlat jumladan, Eron, Turkmaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Rossiya Litva va Polsha davlatlaridagi logistik kompaniyalar bilan shartnoma asosida yuklarni xalqaro avtomobilda tashish bilan shugullanib kelmokda.
“AK TRANSPORTATION” MChJ 2023 yil may oyida uz xisobidan va bank krediti asosida korxona faoliyati va daromatini, ish xajmi ishchilar sonini maksadida (29000 yevro) 369 million sumga tez buzuluvchan ya`ni meva sabzovotlar, sut va go`sht mahsulotlari tashish faoliyatini amalga oshirish uchun Schmitz rusumli refrejerator(xolodilnik) yarim tirkamasini sotib olishni rejalashtiryapti.
“AK TRANSPORTATION” MChJ o`z xizmat turi bilan axoli va davlatn tashkilotlariga xizmat kursatganligidan mamnumdir.
Jamiyat to`g`risida stat.uz sayti orqali quyidagi ma`lumotlarni ko`rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |