Kitob bilan ishlash. Hozirgi kunda mehnat ta’limi bo‘yicha 1,2,3,4-
sinflarga
mo‘ljallangan
“Texnologiya” darsliklari asosida o‘qituvchidan
o‘quvchilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatish talab qilinadi. Bu maqsadda quyidagi
kitoblardan: Kuznetsovning “1-3 sinflarda qog‘oz va karton bilan ishlash”,
“Boshlang‘ich sinflarda texnik modellash”, “1-3 sinflarda mehnat bo‘yicha
albom”, “Boshlang‘ich sinflarda tabiiy materillar bilan ishlash” kabilardan
foydalanish mumkin.
O‘quvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin o‘qituvchining o‘zi bu
kitobni puxta o‘rganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish mumkinligini
belgilab chiqishi lozim. O‘quvchilarni kitob bilan mustaqil ishlashga asta-sekin
o‘rgatib borish kerak.
Texnik vositalar qo‘l mehnati mashg‘ulotlarida ayrim bo‘limlarni
o‘rganish, kasblar, materiallarni tayyorlash texnologiyasi, xavfsizlik texnikasi
qoidalarini tanishtirish munosabati bilan qo‘llaniladi.
Aytib o‘tilgan usullar mehnat ta‘limi o‘qituvchilari tomonidan
muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bilimlarni egallash, o‘zlashtirish, amalda qo‘llash
va
o‘quvchilarni
rivojlantirish
faol
jarayonining
muvaffaqiyati
asosan
o‘qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yondashishiga bog‘liq. Texnologiya
o‘qituvchisi dasturda nazarda tutilgan mehnatning barcha turlarini bir xil yaxshi
bilishi kerak. Faqat ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, o‘z ishida o‘qitishning turli
usullari bilan birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol metodlardan
foydalanib darslarni tashkil etgan o‘qituvchigina jamiyatning maktab oldiga
qo‘ygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
O
Do'stlaringiz bilan baham: |