1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja: Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension


Download 458.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana15.06.2023
Hajmi458.12 Kb.
#1482629
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1 Nazariy

Mashqlar olingan bilim va konikmalarni mustahkamlash 
maqsadida otkaziladi. O’qituvchi konikma va malakalarni mastahkamlash 
maqsadida oquvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi 
ishlarni tashkil etib koproq mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi. 
Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul va 
harakatlarning ongli hamda kop marta takrorlashidir. 
Mashqlar ommaviy va yakka tartibda boladi, ya’ni butun guruhda bir xil 
ishni va barcha oquvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin. 


13 
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi 
bolgani uchun oquvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash 
talab etiladi. 
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga 
tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini korsatish lozim. Ayni bir vaqtda 
kamchiliklar ustida ham toxtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish 
tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar oquvchilarga egallangan bilimlarini amalda qollashni 
orgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini oquvchilarning ozlari 
mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
Korgazmali qurollarni oquvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy 
ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkamlashga yordam 
beradi. 
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bolishi mumkin. 
Laboratoriya ishlarini otkazilishi egallagan bilimlarni ishonarlilik kuchini 
oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalga qollashga 
orgatish uchun xizmat qiladi. 
Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham otkazilishi 
mumkin. 
Laboratoriya ishlari jarayonida oquvchilarda ma’suliyatni his etish, 
kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. 

Download 458.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling