1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. Reja: Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension


Download 458.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana15.06.2023
Hajmi458.12 Kb.
#1482629
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 Nazariy




1-mavzu: Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari. 
Reja: 
1. Texnologiya o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amaliy asoslari. 
2. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya ta’limining mazmuni.
3. Boshlang‘ich sinf texnologiya darslariga kompetension yondoshuv. 
4. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va metodlari.
5. Texnologiya fani darslariga integratsion yondoshuv
Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari: 
 
Mustaqil har tomonlama kamolga yetgan barkamol inson uchun zarur 
bolgan ma’naviyat qirralari iymon, e’tiqod, vatanparvarlik, insonga cheksiz 
muhabbat do‘stlik, sadoqatlik, mehnatsevarlik, milliy gurur kabi fazilatlarini 
shakllantirish zarur. 
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan ogzaki va yozma ijodiyot 
avloddan-avlodga otib kelayotgan iymon-e’tiqod sirlarining nazariy va amaliy 
jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. 
Ozbekiston Respublikasi Oliy majlis 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan 
“Ta’lim togrisida”gi yangi qonuni ta’lim sohasidagi siyosatimizni belgilab berdi. 
Uzluksiz ta’limni tashkil etishni rivojlantirish prinsiplari uzluksiz ta’limni isloh
qilish, uzluksiz ta’lim tizimi va turlari masalalarini qamrab olgan. Birinchi 
prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “Har bir insonning ayniqsa endigina 
hayotga qadam qoyib kelayotgan yoshlarning ongiga shunday fikrni singdirish 
kerakki, ular ortaga qoyilgan maqsadga erishishi ozlariga bogliq ekanligini, 
ya’ni bu narsalar ularning sobit qadam, gayrat, shijoatlariga, tola-tokis 
fidokorligi va cheksiz mehnatsevarliklariga bogliq ekanligini anglab yetishlari 
kerak”. 
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning mashaqqati 
uchun astoydil kurashish, osib kamol topayotgan yosh avlodga ta’lim-tarbiya 
berish jarayonida mehnatga munosabatlarini shakllantirish zarur bolib, yosh avlod 
jamiyatimiz taraqqiyotida oz bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa 
qoshishlari pedagog tarbiyachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri 
hisoblanadi. Kichik sinf oquvchilarini qol mehnatiga orgatishning asosiy 
maqsadi, boshlangich mehnat elementlari bosqichlarini ya
’ni bajariladigan 
ishlarning oddiy elementlari (qogozlarni buklash, qirqish, yelimlash, geometrik 
figuralarni yasash, applikatsiya ishlari)ni yasash bilan boshlaydilar. 
Undan tashqari qol mehnatiga orgatishda “Tikish va bichish”, 
“Pazandachilik”, “Plastilin bilan ishlash”, “ Qogoz va karton bilan ishlash”, 
“Applikatsiya va mozayka ishlari” turlari bilan bosqichma-bosqich tanishib 



boradilar. Har bitta bolim oquvchilarni hayotga mustaqil qilib tarbiyalashda 
muhim orin egallaydi. 
Yaratilgan mehnat natijalari oziga va yon atrofdagilariga foydasi tegishini 
korgan oquvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat kishilarining mehnat 
natijalarini ham hurmat-izzat qilishga organadi. 
Topshirilgan ishga mas’uliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash, 
oqitishni ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi salomatlik va yosh uchun 
foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshiradi. 
Boshlangich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari 
oquvchilarni mehnatga tayyorlash, oqitish va umumta’lim maktablarining 
boshlangich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, davlat ta’lim 
standartlari talabi boyicha tarbiyalash hamda oquvchilarni kasb-hunar egasi 
bolib yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishlardan tashkil topgan. 
Mehnat madaniyatini tarkib topishi uchun darslarda doimo bolalarning 
e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga, ish 
joyini to
gri jihozlashga, materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, 
ish harakatlarining me’yori va sifatiga, ish korsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, 
ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani 
chiroyli qilib bezashga talab qilib borish kerak. 
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta
’minlanmaganlik ham mehnat 
madaniyatini shakllanishiga salbiy tasir etadi. Ba
’zan oquvchilarning 
tayyorlanmaganliklari va uyushmaganliklari tufayli oqituvchining kop vaqti 
bekorga sarf bo
‘ladi: biri qaychisini, ikkinchisi qogozini olib kelmasdan 
mashgulotlarga qatnashish ish qilayotgan ortogini narsa sorab chalgitadi. 
Shuning uchun oqituvchi dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida 
oquvchilar ortasidagi ozaro dostona yordamga tayanib oz vaqtida choralar 
korish lozim. Biroq har qanday holatda ham oquvchini uyga jonatmaslik yoki 
jazo berish tartibida oquvchini ishsiz qoldirmaslik kerak. 
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatning aqliy 
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qollashni talab qilmaydigan, 
tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobiliyatlarni ostirmaydi. 
Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tartibda va 
harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini muntazam tushuntirib borish bilan 
birga bo
‘ladigan kop marta mashq qilishlar natijasida tarkib topadi. 

 


Download 458.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling