1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


MIYADA QON AYLANISHIGA TAʻSIR ETUVCHI MODDALAR


Download 360.06 Kb.
bet57/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

MIYADA QON AYLANISHIGA TAʻSIR ETUVCHI MODDALAR
Sinnarizin, nimodipin, kavinton, sermon, tanakaru. Miyadagi qon aylanishi gipertoniya kasalligida, miya tomirlarining aterosklerozida, miya tomirlari qisqarganda oʻzgaradi. Miyada qon aylanishining izdan chiqishi kichik spazmdan boshlanib, ogʻir insultlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga yosh oʻtgan sari miya tomirlarining aterosklerozi, modda almashinuvi izdan chiqishi tufayli xotiraning pasayishi, ruhiy-axloqiy oʻzgarishlar roʻy berishi miya tomirlarida surunkali oʻzgarishlardan dalolat beradi. Miyada qon aylanishi buzilishining oldini olish va davolash uchun miya tomirlarini kengaytirish zarur boʻladi. Qon tomirlami kengaytiruvchi miotrop, spazmolitik (papaverin, no-shpa), antianginal (dipiridamol, verapamil) moddalar qoʻllaniladi, ular miya tomirlarini kengaytirish bilan birga, chetdagi tomirlami ham kengaytirib, umumiy qon bosimini pasaytiradi, miyaning qon bilan taʻminlanishini kamaytirishi mumkin. Shuning uchun miya tomirlarini tanlab kengaytiruvchi moddalami qoʻllash maqsadga muvofiq, sinnarizin (stugeron), kavinton (vinpotsetin), nimodipin, sermion shular qatoridan.
Sinnarizin periferik, toj tomirlarga va tanlab miyada qon aylanishiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi, modda bevosita tomirlaming silliq mushaklarini boʻshashtiradi, ulami qisqartiruvchi biogen aminlarga nisbatan sezuvchanligini pasaytiradi. Sinnarizining gistaminga qarshi, vestibulyar apparat qoʻzgʻaluvchanligini kamaytirish hamda kalsiy ionlariga qarama-qarshi xususiyati bor. Modda miyada qon aylanishi oʻzgarganda, travmalarda, migren kasalliklarida hamda tomirlar jarohatlanganda — endoarteritlarda qoʻllaniladi. Dengiz va havo kasalligida ham qoʻllash mumkin, ogʻiz orqali yuboriladi, bemoilar moddani yaxshi koʻtaradi, baʻzan ogʻiz qurishi, dispeptik holatlar, uyquchanlik yuz berishi mumkin.
Nimodipin kalsiy kanallarini falajlovchi taʻsir koʻrsatib, asosan miya tomirlarining (arteriolalar) silliq mushaklarini boʻshashtiradi, tomirlami qisqartiruvchi biogen aminlarga nisbatan sezuvchanligini pasaytiradi. Chetdagi tomirlarga taʻsiri kamroq, qariyalarda miyaning faoliyatiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi. Nimodipin asosan miyaning oʻtkir va surunkali ishemik holatlarida qoʻllaniladi, noxush asoratlari: bosh ogʻrishi, dispeptik holatlar, venalarga yuborilganda gipotenziya holati yuz beradi.
Kavinton miya tomirlarini kengaytiradi, ulardan qonning oʻtishini, miya toʻqimalarining kislorod bilan taʻminlanishini yaxshilaydi. Fosfodiesteraza fermentini ingibitsiya qilib, toʻqimalarda siklik AMF, ATF miqdorini oshiradi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi. Kavinton bevosita tomirlar silliq mushaklarini boʻshashtiradi, bu modda miyada qon aylanishi izdan chiqqanda, insultni oʻtkazgan bemorlarni davolashda, xotira susayganda, bosh aylanishida, oftalmologiyada, eshitish qobiliyati pasayganda, vestibular apparatning qoʻzgʻaluvchanligi oshganda qoʻllaniladi. Enteral va parenteral — venaga tomchilatib yuboriladi. Yurak ishemiya kasalligida, ogʻir aritmiyalarda, homiladorlikda kavintonni qoʻllash man etiladi.
Oʻsimlikdan olingan tanakan moddasi miya qon tomirlari mikrotsirkulatsiyasiga, modda almashinuviga ijobiy taʻsir koʻrsatadi, miya toʻqimalarida kislorod bilan glukozaning oʻzlashtirilishini oshiradi, mayin stimullovchi xususiyatga ega, noxush asoratlari yoʻq.
Miya tomirlari kasalligida nikotin kislota va uning unumlari— ksantinol, (nikotin kislota va teofillin), nikoverin (nikotin kislota va papaverin), nikoshpan (nikotin kislota va no-shpa) miya hamda chetdagi tomirlarda qon aylanishiga ijobiy taʻsir koʻrsatadi, miya qon tomirlari yetishmovchiligining oldini olish va davolash uchun qoʻllaniladi. Miyada qon aylanishiga, moddalar almashinuviga GAMK-ergik moddalardan aminalon, nikapilon (nikotin kislota va aminalon) qoʻllanadi.
MPKA 2021.Taklif va shikoyatlar uchun: dr.rahmatullayev@gmail.com
Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling