1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning rivojlanish tarixi.
Fanning vazifalari. “Tibbiy bilim asoslari” fani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Namunaviy oʻquv dasturi asosida, ushbu fan oʻqitiladigan kafedrada ishlab chiqilgan va universitet oʻquv-uslubiy kengashi yigʻilishida tasdiqlangan ishchi oʻquv dasturi boʻyicha oʻqitiladi.
“Sogʻliqni saqlash” tushunchasi “tibbiyot”ning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Sogʻliqni saqlash - aholi salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash boʻyicha ijtimoiy jamoa hamda tibbiyotning ijtimoiy vazifasidir. Fanning rivojlanish tarixi. Bunday faoliyat qismlari va elementlari bogʻliqliklari qadim asrlardayoq kuzatilgan edi. Matriarxat davrida insonlar sogʻligi va xotirjamligi ayollar qoʻlida boʻlgan, ularni slavyanlar “asrovchilar” deb atashgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrga qadar salomatlikni muhofaza qilish bilan alohida jamiyatlar shugʻullangan, keyinchalik esa insonlar orasidan hayotiy tajribaga ega boʻlgan oqsoqollar, shamanlar, tabiblar ajralib chiqib, ularning vazifalari boʻlib, urf-odatlar, hamda xalq tabobatidan foydalangan holda bemorlarni azoblardan xalos etish hisoblangan. Qabilalar, knyazliklar, shaharlar paydo boʻlishi bilan, tabiblarni oʻqitish va tayyorlash boshlangan. Diniy jamiyatlar, ayniqsa, dehqonlar “yetimlar va kasallar” toʻgʻrisida gʻamxoʻrlikni oʻz zimmalariga olganlar, cherkov kasalxonalarini tashkil etganlar. Cherkov orqali yuqori hokimiyat vakillari bemorlar va nogironlarga gʻamxoʻrlik va homiylik koʻrsatganlar, epidemiyalarni ogohlantirishga eʻtibor berganlar, bozorlar, suv havzalari, quduqlarning sanitariya holatlarini kuzatganlar. Bazalt ustuni qadimiy tibbiyot qonun yodnomalaridan biri boʻlib hisoblanadi, unga podshohga bagʻishlangan qonuniy maqolalar matni bandlari oʻyib yozilgan, hamda fuqarolar sogʻligʻiga katta eʻtibor qaratilgan. Vavilon asiri Xammurapi podsholik davrida (eramizdan avvalgi XVIII asr) tibbiy yordam koʻrsatish natijalariga binoan, shifokorlarni ragʻbatlantirish va jazolashga taaluqli bir nechta cheklash va ogohlantirishlar oʻrnatilgan edi. Qadimiy grek polislar va Rim shaharlarida qullarni va yollab ishlovchilarni davolash uchun, sanitariya obodonlashtirish, suvlarni nazorat qilish maqsadida shifokor mutaxassislarni, sanitariya amaldorlarini yollashar edi. Faqat XIX asr oxiriga kelib tibbiyot boʻgʻinlari va aholi alohida guruhlari sogʻligi jamoatchilik homiyligi toʻgʻrisidagi birinchi tajribalar asosida sogʻliqni saqlash tizimlarini tuzish boshlandi. Oʻzbekistonda butun Rossiyadagi kabi, qishloqlarda mahalliy, shaharlarda fabrika-korxonalar tibbiyotlari paydo boʻldi. Shaharlarda tibbiyot, diniy va boshqa tashkilotlarni boshqarish oʻz-oʻzini boshqarish organlariga topshirilgan. Shunday qilib, 1917-yilga qadar umumdavlat sogʻliqni saqlash tizimi boʻlmagan. Jamoatchilik sogʻligʻini himoya qilish ishi bilan, koʻplab tashkilotlar, hattoki Ichki Ishlar Vazirligi departamenti va harbiy tashkilotlar shugʻullanishgan. Jahonning boshqa davlatlarida ham umumiy rahbarlik, shu bilan bir qatorda mahalliy va fabrika-korxonalar tibbiyotlari ham boʻlmagan. Fuqarolar sogʻligʻiga va barcha tibbiyot tashkilotlariga aloqador birinchi oʻzgarishlar 1822-yilda Fransiyada amalga oshirilgan. Ichki Ishlar Vazirligi qoshida Oliy tibbiy kengash, joylarda esa tegishli qoʻmitalar va komissiyalar tashkil etilgan. Fransiya tajribasi asosida aynan shunday tizimlar boshqa davlatlarda ham tashkil etila boshladi (Angliya, Germaniya va boshqalar). Shu davrdan, ayniqsa, Rossiyada boshqaruv organlari tashkil etila boshladi va ular faoliyati jamiyat rivojlanishiga qarab spetsifik yoʻnalishga ega edi. Endilikda sogʻliqni saqlash ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar, aholi va alohida guruhlar sogʻligʻini mustahkamlash va himoya qilish talablari asosida rivojlana boshladi. Bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan eng muhim boshlangʻich pozitsiya sogʻliqni mustahkamlash va saqlashda davlat va jamoatchilik javobgarligi, aholini sogʻliqni saqlashda ishtirok etishidir. Sovet Ittifoqi tugatilganidan soʻng, barcha sobiq respublikalarda sogʻliqni saqlashning asosiy yoʻnalishlarini saqlagan holda, sogʻliqni saqlash tizimlarini qayta koʻrish va isloh qilish ishlari boshlandi. Zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimlari jahon boʻylab shartli ravishda 3 guruhga boʻlinadi: - sugʻurta tizimi Germaniya, Fransiyada juda aniq taqdim etilgan; - xususiy sogʻliqni saqlash tizimi AQSh uchun xarakterlidir; - Angliya uchun davlat tizimi xarakterlidir; Koʻplab davlatlarda sogʻliqni saqlash tizimining aralash va turli tashkiliy shakllari mavjud va ular rivojlanib kelmoqda. Bunday holat hozirgi vaqtda Oʻzbekiston uchun ham xarakterlidir. Sogʻliqni saqlash rivojlanishi bilan, davlat tizimida turli tibbiy tarmoqlari paydo boʻla boshladi. 1. davolash -profilaktika muassasalari; 2. onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalari; 3. sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari; 4. tibbiyot taʻlimi va ilmiy-tadqiqot muassasalari; 5. dorixona muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika sanoati korxonalari; 6. sanatoriya va dam olish muassasalari; 7.patologik-anatomiya, sud-tibbiyot, sud-psixiatriya ekspertiza muassasalari Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling