1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
Muskullarning charchashi. Charchash deb, alohida organ yoki butun organizm yoxud to ʻqimaning faoliyatidan soʻng ish qobiliyatining vaqtincha pasayishiga a5^iladi. Dam olishdan soʻng charchoqlik bosiladi. Bir guruh muskullarning charchashi ergografda tekshiriladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik vaziyatda uzoq qisqarib turganda yoki birorta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Muskul charchaganda uning qisqarishidagi latent davr uzayadi, kuchi susayadi, taʻsirga javob reaksiyasi tezligi pasayadi, organizmning chidamliligi kamayadi. Bola qancha yosh boʻlsa, shuncha tez charchaydi, ayniqsa bir turli muskullar tez charchab qoladi. Bolalar harakatsiz turganda tezroq charchaydi. Mehnat qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchoqlikning boshlanishida markaziy nerv sistemasi hal qiluvchi rol oʻynaydi. Adinomiya, yaʻni kamharakatlik va muskullarning kam harakatlanishi ichki organlarning rivojlanishiga salbiy ta ʻsir etadi. 6-7 yashar bolalar aniqlikni talab qiladigan va qarshilikni yengadigan harakatlar qilmaganidan charchamaganga oʻxshaydi. 7-8 yashar bolalaming mayda muskullari yetarlicha uygʻun qisqarmaydi, aniq, mayda, nozik harakatlarni juda qiyinlik bilan bajaradi, binobarin, yozish, rasm chizishda, nina bilan ishlashda darrov charchab qoladi. Bunday bolalar katta odamga nisbatan koʻp harakat qiladi, lekin kam energiya sarflaydi. 7-12 yashar bolalar ham harakatlari uygʻunlashmaganidan tez charchaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar koʻpi bilan 40-45 daqiqa jismoniy mashq qilishi kerak. 11-12 yashar bolalar endi jismoniy kuch va chidamlilikni talab qiluvchi harakatlarni bajara boshlaydi. 14 yashar bolalaming asab tizimi va harakat apparati organlari hali yetarli rivojlanmagan boiadi, shu tufayli katta odamga nisbatan 2,5-marta, 16 yashar bolalar 2-marta tez charchaydi. Turli xil jismoniy mashgʻulotlarni olib borishda, maktab oldi uchastkasi va ishlab chiqarish amaliyotida yuqoridagilarni hisobga olish zarur.
Shuning uchun bolalar gimnastika bilan shugʻullanganda, mehnat qilganda tez-tez dam berish, ish surʻati va turini va bola oʻz holatini oʻzgartirib turishi kerak. 3. Bolalar va oʻsmirlarda tayanch-harakat apparatining yosh anatomiyasi va fiziologiyasi. (Qaddi qomat va uning kamchiliklari.) Har bir odam oʻz tanasini odatlangan holatda erkin tutishi qad-qomat deyiladi. Qad-qomat shakllanishida ayniqsa umurtqa pogʻonasining, koʻkrak qafasi, qol va oyoq suyaklari hamda tana muskullarining rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Odam qad-qomatining to ʻgʻri boiishi muskullar tonusiga, nerv sistemasining holati, hayoti mobaynida gavdasini tutishi, jismoniy mashq bilan shugʻullanishi, turli kasalliklar bilan kasallanishiga bogiiq. Anatomik nuqtayi nazardan, to ʻgʻri qad-qomat deyilganda, umurtqa pogʻonasi bir meʻyorda toiqinsimon, bosh va boʻyining tanaga nisbatan toʻgʻri va tik, ikkala yelka va ikkala koʻkrak bir tekislikda, qorin bir oz ichga tortilgan, koʻkrak qafasi bir oz qorindan oldinga chiqib turgan, oyoqlari tik va toʻgʻri holatda boiib, ularni juftlashtirganda tovonlar, tizzalar bir-biriga tegib turadigan holat tushiniladi. Qad-qomatning notoʻgʻri shakllanishi bir necha xil boiadi: choʻzilgan, egilgan, kifotik, lordotik va skolitik qad-qomat. Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan koʻkrak qafasi botiqroq, qorin oldinga chiqqan boiadi. Bunday holat skelet muskullari ayniqsa, gavdaning orqa qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz boiishi tufayH yuzaga keladi. Kifotik qad-qomatH odamlarda kuraklar qanotga oʻxshab koʻtarilib, orqa yelka qismi doʻmbayib, bukir holat yuzaga keladi. Lordotik qad qomatli odamlar gavdasining orqa qismi tekis yoki bir oz botiqroq, koʻkrak qafasi yassi, qorni oldinga chiqqan boiadi. Bunday holat umurtqa pogʻonasining bel qismi meʻyordan koʻproq oldinga bukilishi, boʻyin qismida esa oldinga kamroq bukilishi, hamda qorin devori muskullarining kuchsiz rivojlanganligi tufayli yuzaga keladi. Skoliotik qad-qomatli odam tik turganda yelkalarining biri past, ikkinchisi baland, koʻkraklari ham past, baland, koʻkrak qafasining bir tomoni boʻrtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda boiadi. Bunday odam gavdasini toʻgʻri va tik tuta olmaydi, tik turganda gavdasi bir tomonga qiyshaygan holatda boiad i {30-rasm). Bolaning qad-qomati normal shakllanishi uchun bir qator gigiyenik qoidalarga rioya qilish kerak. Qad-qomatning to ʻgʻri shakllanishiga bola tugilishidan boshlab eʻtibor berish lozim. Yangi tugilgan bolaning oyoq-qoilarini to ʻgʻri parvarish qilish, toʻgʻri yoʻrgaklash, beshikda yotganda oyoq-qoilarini toʻgʻrilab belash, koʻkrak qafasini qattiq bogiamasHk kerak. Bola bir yoshda yura boshlaydi. Bu davrdan boshlab bolaning qad-qomatiga eʻtibor berish lozim. Bolani olti oylik boiguncha oʻtqizmaslik, o ʻn oylik boiguncha oyogʻida uzoq vaqt tik turgizmaslik kerak, chunki bu yoshdagi bolalarning umurtqa pogʻonasi, oyoq suyaklari egiluvchan boiganligi sababli tana ogirligini koʻtara olmasdan, egrilanib qolishi mumkin. 4-5 yoshgacha bo igan bolalalami katta odamlar uzoq vaqt qoiidan yetaklab yurmasligi kerak, chunki bolaning bir tomoni yuqoriga koiarilishi tufayli umurtqa pogʻonasi egrilanib qolishi mumkin. Bolaning 6-7 yoshdan qad-q^mati shakllana boshlaydi. Shuning uchun boshlangich sinf oʻquvchilari uzoq vaqt bir joyda oʻtirmasligi, tik turmasligi, uzoq masofaga yurmasligi, o g ir buyumlarni koʻtarmasligi, ayniqsa doim faqat bir qoiida ish bajarmasligi, boʻylariga mos parta, stol-stullarda oiirishi kerak. 0 ʻquvchilar parta, stol-stulda oʻtirganda quyidagi qoidalarga rioya qilishi zarur: oiirganda gavdasi tik, yelkalari bir tekisda, beli stul (parta) suyangichiga suyanib tursin, oyoqlari tizza boʻgimida toʻgʻri burchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib tursin, koʻkrak buan parta qirrasi orasida 10 sm. ga yaqin masofa boʻlsin. Yurganda boshni tik tutib, oʻrtaclia qadam tashlash, lapanglab, bir qo Ini cho ntakka solib, qiyshayib yoki uyalib, engashib yurmaslik, mehnat darsida gavda holatini, mehnat turini tez-tez oʻzgartirib turishl kerak. Bolalar va oʻsmirlarda koʻpincha tovuq koʻkrak, etikdoʻz koʻkragi, skoliozning turli shakllari, yassi oyoqlik, muskullarni yetarli rivojlajimasligi, boʻgʻimlarning kasallanishi kabi nuqsonlar tufayli qadqomat buziladi. Bola yoki oʻsmirni oyoq kiyimining tor yoki keng boʻlishi ham qad-qomatning buzilishi sabab boʻlishi mumkin. Bolaning tunda uxlashiga ham eʻtibor qaratish lozim. Bola gadasini toʻgʻrilab tekis joyda, biroz qattiq oʻrin koʻrpada uxlashi kerak. Baʻzi bolalar gujanak boʻlib uxlaydilar. Bunday holat ham qad-qomatga ta ʻsir qiladi bolalar va o ʻsmirlar qad-qomatni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradigan jismoniy mashqlar bilan shugʻullanishga yoshlikdan oʻrgatish lozim. Masalan: gimnastika, suvda suzish, valeybol, turnirda tortilish va boshqalar. Qad-qomatning buzilishidan faqat odamning k o ʻrinishi oʻzgarmasdan, balki u ichki organlar (oʻpka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilarning) rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy taʻsir koʻrsatadi. Bunday odamlar jismoniy mehnat qilganida, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanganida nafasi qisadi, yurak urishi tezlashadi, tez charchaydi. Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shuning uchun shu yoshgacha oʻsmirlar yuqorida koʻrsatilganlarga amal qiisalar ularning qad-qomatlari toʻgʻri va chiroyli boʻhb shakllanadi. Bolani qad-qomati to ʻgʻri shakllanishini ota-onalar, oʻqituvchilar, tarbiyachilar tizimli ravishda kuzatib borishlari, turli chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim. Skolioz tayanch-harakat apparati kasalliklariga kiradi, u umurtqa pogʻonasining yon tomonga qiyshayishidir. Kasallik o ʻz vaqtida davolanmasa, uzoq yilga choʻziladi va oqibat natijada koʻkrak qafasi boʻshligʻidagi hayotiy muhim organlarga zarar yetadi. Bu kasallikda koʻpincha umurtqa pogʻonasining shakli buziladi. Skohozning ogʻir-engil kechishi umurtqa pogʻonasining qanchahk qiyshayganiga bogʻliq. Qobirgʻalar uchining bir oz boʻrtganUgi 10≪ qiyshayishi skoliozning birinchi darajali belgisi qovurgʻalarda bukiriik hosil boʻlib qiyshayish burchagi 30“ gacha boisa ikkinchi darajali, qiyshayish burchagi 30-50R bolganda skoliozning uchinchi darajasi va nihoyat qiyshayish burchagi 50R dan ortsa, slcoliozning to ʻrtinchi darajasi rivojlangan boʻladi. Oʻquvchilar oʻqish jarayonida umurtqa pogʻonasining juda zoʻriqishi skoliozga sabab boʻladi. Umumiy ta iim maktablarida, maktab internatlarda shifokorlar, biologiya oʻqituvchilari oʻquvchilarni vaqtivaqti bilan tekshirib turishi, oʻquv muassasalarida oʻquvchilarning oʻqishi, mehnat qilishi uchun zarur gigiyena sharoiti yaratib berilishi shart. Ayniqsa bogʻcha, kichik maktab yoshidagi bolalarni tekshirib, skolioz bor yoʻqligini aniqlash va zoʻrayib ketmasligi uchun chora-tadbirlar koʻrish muhim ahamiyatga ega. Notoʻgʻri oʻtirish natijasida umurtqa pogʻonasining yon tomonga egilishi (skolioz). Bolalar va oʻsmirlar tez oʻsib rivojlanadilar. Bu davrda ularning ovqatlanishiga katta eʻtibor berish kerak. Bolalar ovqatida vitaminlar, ayniqsa vitamin D, tuzlar (ayniqsa kalsiy tuzlari) yetarli boʻlhiasligi, oyoq suyaklarini notoʻgʻri shakllanishiga sabachi boʻlishi mumkin. Buning oqibatida oyoqlar X simon yoki O simon qiyshayadi. Oyoqlarning X-simon shaklida oyoqning tizza qismlari bir-biriga tegib turganda tovonlar bir-biridan uzoqlashadi. Oyoqlarning 0-simon shaklida, aksincha tovonlar bir-biriga tegib turganda, tizzalar bir-biridan yiroqlashgan holatda boiadi. Yassioyoqlik. Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanchharakatlanish tizimining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish xususiyatiga koʻra tananing ressori vazifasini bajarishga moslashgan. Normal rivojlangan oyoq tovon-panja yuzasi sathining koʻproq qismi oʻyiqroq (chuqurroq), ozroq qismi gumbaz shaldida boiadi. Bunday tuzilishi tana ogirligining oyoqni tovon va kaft qismlariga baravar taqsimlanishini ta ʻminlaydi. Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasining (gumbaz qismi) kengayib, oʻyiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, baʻzida esa oyoq yuzasining butun sathining gumbaz qismi egilib, tekis b o iib qoladi. Natijada tovonkaftning ressorlik vazifasi buziladi va quyidagi belgilar yuzaga keladi: bunday odam uzoq vaqt tik turganda, koʻproq yurganda, yugurganda, ogir yuk koiarganda oyogining tovon-panja va boldir muskullarida ogʻriq paydo boladi; yassioyoqli umurtqa pogʻonasi va chanoq suyaklarining egrilanishiga va qadqomatning buzilishiga ham sabab bo ladi. Chunki bunday odam tanasini tik va to ʻgʻri tuta olmaydi. Yassioyoqhk odamlar yurganida oyoqlarini keng tashlab, qoilarini yon tomonlarga silkitib, lapanglab yuradi, chunki yurgan vaqtda tanasining og irhgi oyoq yuzasiga baravar taqsimlanmasligi natijasida tovon-kaft muskullan tez charchaydi va ularda ogʻriq seziladi. Bunday odamlar ko proq tik turgamda va yurganida oyogʻining kaft yuzasi yana engayadi va ertalab mos boigan poyabzal kunning ikkinchi yarmida oyoqm qisa boshlaydi. Yassioyoqlik tananing massasi koʻproq tovon-kaftning ichki tomoniga tushadi. Shuning uchun bunday odamlarning poyabzali ichki tomonga qiyshayib, u tezda yaroqsiz holga kelib qoladi. Yassioyoqlik tugʻma va hayotda orttirilgan boiadi. Tugʻma boiishi bu nasldan naslga berihshi yoki bolaning embrion rivojlanishi davrida ona orgamzmip tashqi muhitning biron noqulay ta ʻsiri natijasida sodir bo hshi mumkin. Yassioyoqlikning tugilgandan keyin yuzaga kelish sabablari quyidagilardan iborat; - Bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish va uni uzoq vaqt oyogida tik turgizish; - Yosh bolaga poshnasiz yumshoq poyabzal Idygizish; - 0 ʻquvchilar kun boʻyi poshnasiz sport poyabzalida yurishi (sprot poyabzahm faqat mashgʻulot vaqtida kiyish kerak); - Poshnasi baland, uch tomoni tor, orqa tomoni keng boʻlgan poyabzallarm kiyish; - Og ir yuk k o iansh ham yassioyoqlik yuzaga keHshiga sabab boiadi. ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikning oldini ohshga eʻtibor berish kerak. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling