1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet1/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Sayt test rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.



01.Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha. (sayt)

1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha.


Reja:
1. Tibbiy bilim asoslari faniga kirish.
2. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi.
3. Hujayra va toʻqimalar haqida tushuncha.
4. Qon, qon tarkibi va uning ahamiyati.

Tibbiy bilimlar asoslari fani bilan tanishtirish.


Mamlakatimizning barcha gumanitar yoʻnalishdagi Oliy oʻquv yurtlarida “Tibbiy bilim asoslari, onalik va bolalikni muhofaza qilish” fani oʻqitilmoqda. Ushbu fanning oʻquv dasturini toʻliq oʻzlashtirgan talabalarga qoʻshimcha mutaxassislik sifatida favqulodda vaziyatlar sharoitida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha bilim beriladi. Bu esa muhim ijtimoiy muammo hisoblangan xalq sogʻligʻini muhofaza qilish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan muhim tadbirlardan biridir.
Mazkur fandan bilim olib gumanitar yoʻnalishdagi Oliy oʻquv yurtlarini tamomlagan yoshlar oʻzlarining asosiy mutaxassisliklari bilan bir qatorda tibbiyot sohasida ham kundalik hayotda zarur boʻlgan amaliy bilimlarga ega boʻladilar. Chunonchi, favqulodda vaziyat sharoitlari (zilzila, suv toshqini, yongʻin, ishlab chiqarish avariyalari kabilar)da roʻy berishi mumkin boʻlgan jarohatlanish, suyak sinishi, boʻgʻimlar chiqishi, qon ketish, sovuq urish, suvga choʻkish, kuyish, zaharlanish, turli xil kasalliklar bilan xastalanish oqibatida yuzaga keladigan ogʻir holatlar, yaʻni, tana haroratining meʻyoridan koʻtarilishi yoki pasayishi, xushdan ketish, tirishish, arterial qon bosimining koʻtarilishi yoki pasayishi, gipertoniya krizi, miya insulti, stenokardiya, miokard infarkti, shok, kollaps, nafas qisishi (bronxial astma), nafas va yurakning toʻsatdan toʻxtab qolishi, nafas, yurak-tomir, meʻda–ichak, jigar, siydik ayirish aʻzolarining, miya va nerv tolalarining yalligʻlanish kasalliklarida, shuningdek, zaharli hashoratlar chaqqanida birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, bemorni parvarish qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholida, ayniqsa yoshlarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ona va bola sogʻligʻini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tushuntirish–targʻibot tadbirlarini amalga oshirish qilish kabi aholini sogʻlomlashtirish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga oid tibbiy bilimlarga ega boʻladilar.
Ushbu tibbiy bilimlar favqulodda vaziyat sharoitida, yuqorida qayd etilganidek, shikastlangan, zaharlangan, xastalangan bemorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishda muhim ahamiyatga ega boʻladi.
Bundan tashqari ushbu tibbiy bilimlar boʻlgʻusi oʻqituvchi va murabbiylarning maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab, kollej va akademik litseylarda faoliyat koʻrsatganlarida bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, turli xil kasalliklarni, birinchi navbatda yuqumli kasalliklarning oldini olish ishlarini amalga oshirishda katta yordam beradi.
Shuningdek, ushbu tibbiy bilimlar boʻlgʻusi oʻqituvchi va murabbiylarning kundalik turmush jarayonida aholi oʻrtasida savobli ishlarni amalga oshirishlarida ham asqotadi. Negaki, issiq jonning isitmasi ham boʻladi, deganlaridek, har bir oilada, qoʻni-qoʻshnilarda, ayniqsa yosh bolalar va keksalarda birinchi tibbiy yordamga zaruriyat tugʻilib turadi. Bunday paytda bemor, yoki uning oila aʻzolari “Tez yordam” ga murojaat qiladilar. Ammo, oʻta ogʻir xastalik paydo boʻlgan paytda dunyo bemor koʻziga, ayniqsa, bemor yosh bola boʻlsa, uning ota-onasi koʻziga tor koʻringan paytda, chekka qishloq joyida, kechasi telefon aloqasi boʻlmasligi tufayli “Tez yordam” ni chaqirish imkoni boʻlmaganda, mazkur xonadonning qoʻshnisi boʻlgan oʻqituvchi-murabbiy bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish bilimiga ega boʻlib, shu yordamni oʻz vaqtida amalga oshirsa, u bemor va uning oila aʻzolari koʻziga najot farishtasi boʻlib koʻrinadi. Ularning hurmati va eʻtiboriga sazovor boʻladi.
Zotan, har bir odamda, ayniqsa yosh bola va keksalarda shunday holatlar roʻy berishi mumkinki, uning hayotini bor-yoʻgʻi bir necha daqiqalar hal qiladi. Shunday dolzarb paytlarda oʻqituvchi-murabbiylar mazkur fandan olgan bilimlarini amaliy hayotda namoyon etib, bemorga chaqqonlik va ehtiyotkorlik bilan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish bilan uning sogʻligʻini, qolaversa ayrim hollarda hayotini ham saqlab qolishga hissa qoʻshadilar.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling