Suyak sinishi. Bo‘g‘imlar chiqishi


Download 21.63 Kb.
bet1/4
Sana08.06.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1462726
  1   2   3   4
Bog'liq
SUYAK SINISHI. BO‘G‘IMLAR CHIQISHI


Suyak sinishi. Bo‘g‘imlar chiqishi


REJA:

1. Suyak sinishi haqida tushuncha.


2. Qo‘l – oyoq suyaklarining sinishi.
3. Umurtqa pog‘onasi suyaklarining sinishi.
4. Bosh va yuz suyaklarining sinishi.
5. Umrov suyagining sinishi.
6. Suyak sinishida tibbiy yordam.
7. Bo‘g‘im chiqishi.

1.Suyak sinishi. Tashqi kuch ta’sirida suyak butunligining buzilishidir. Suyak qismlari bir-biriga bog`liqligicha qolgani holda, butunligining qisman buzilishiga darz ketish (yorilish) deyiladi. Suyak singanda uning atrofidagi muskullar, tomirlar, nervlar ham ma`lum darajada shikastlanadi.
Sababi. Suyak sinishlari urilish, yiqilish, sport mashg‘ulotlari, avtotransport hodisalarida sodir bo‘ladi. Suyak sinishi tug`ma va turmushda orttirilgan bo`lishi mumkin.Tug`ma suyak sinishi homila suyaklarining tuzilishidagi kamchilik bilan bog`liq bo`ladi. Turmushda orttirilgan suyak sinishi travmatik va patologik turlarga bo`linadi.Travmatik suyak sinishi shikastlanishlar natijasida yuzaga keladi. Patologik suyak sinishi esa, ba`zi kasalliklar (sil, zaxim, osteomiyelit) oqibatida yuzaga keladi.
Suyak sinishi yopiq va ochiq bo`ladi.
Suyakning yopiq sinishi. Teri butunligi buzilmaydi. Og‘riq, harakat faoliyatining buzilishi, teri ostiga, to‘qimalar orasiga qon quyiladi (gematoma).
Bemor og`riqqa shikoyat qilgan joyni paypaslab, sekin bosib ko‘rilganda, singan suyakning ikkita uchi bir-biriga tegib g`ijirlaydi va og`riq kuchayadi.
Suyakning ochiq sinishi. Teri butunligi buziladi. Terining jarohatidan qon oqadi, harakatlanish buziladi. Ba’zida singan suyak uchi teri jarohatidan ko‘rinib turadi.
Qo‘l-oyoq suyaklarining sinishi.
Yopiq sinishda – og‘riq, harakatning buzilishi, shish paydo bo‘lishi, shu joyni bosganda g`ijirlash tovushi kuzatiladi.
Ochiq sinishda – yuqoridagi belgilarga teri butunligining buzilishi va terining jarohatidan tashqariga qon oqishi qo‘shiladi.

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling