Suyak sinishi. Bo‘g‘imlar chiqishi
Umurtqa suyagining sinishi
Download 21.63 Kb.
|
SUYAK SINISHI. BO‘G‘IMLAR CHIQISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosh va yuz suyaklarining sinishi.
- O‘mrov suyagining sinishi. Belgilari.
Umurtqa suyagining sinishi. Yopiq va ochiq sinish bo‘ladi.
Umurtqa suyaklari singanda orqa miya nerv to`qimasi zararlanmagan bo‘lsa, shikastlangan sohada og‘riq, shish, umurtqa pog‘onasida harakatning qiyinlashuvi (tik tura olmaslik, o‘tira olmaslik) kuzatiladi. Orqa miya nerv to‘qimasi zararlangan bo‘lsa, uning qaysi segmenti zararlanganiga qarab, orqa miyadan chiqadigan nervlar zararlanadi va ular boshqaradigan muskullar, a’zolarning sezuvchanligi, harakati buziladi.Ya`ni bemorning yotgan joyida ham qo`l-oyoqning harakati bo`lmaydi (shol bo`ladi). Masalan, orqa miyaning bo‘yin segmenti zararlansa bo‘yindan pastki sohada joylashgan barcha muskullar (qo‘l-oyoq muskullari), chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan a’zolar harakati, sezuvchanligi buziladi. Orqa miyaning bel segmenti zararlansa, oyoq muskullari shol bo‘ladi. Bosh va yuz suyaklarining sinishi. Bosh va yuz suyaklari shikastlanganda shu sohada ogriq, shish bo‘ladi. Hamda bosh miyaning chayqalishiga aloqador belgilar, ya’ni bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hushini yuqotishi kuzatiladi. Bosh suyagi sinishi bilan birga bosh miya to‘qimasi ham shikastlangan bo‘lsa, yuz va tana muskullari shol bo‘lishi mumkin. Yuz sohasidagi suyaklar singanda jag‘larni harakatlantirish qiyinlashadi. O‘mrov suyagining sinishi. Belgilari. Yopiq sinishda suyak singan sohada og‘riq, to‘qimalar orasiga qon quyilishi, yelka bo‘g‘imida qo‘lni harakatlantirish buzilishi kuzatiladi. Ochiq sinishda teri butunligi buziladi, tashqariga qon oqadi. Suyaklarning yopiq sinishida tibbiy yordam. Tez yordam chaqiriladi. U kelgunicha: 1.Og‘riq qoldiruvchi: analgin (baralgin) – 1-2 ml muskul orasiga. 2. Suyak singan sohaga 10-20 minut davomida sovuq suvda namlangan sochiq, ro‘mol yoki muzli xaltacha qo‘yiladi (to`qimalarga qon quyilishini kamaytirish uchun). 3. Qo‘l-oyoq suyaklari singan bo‘lsa singan sohaga taxtakach qo‘yib bog‘lanadi.Singan qo‘lni taхtakach bilan bog`lab, kosinkasimon bog`lam yordamida bo‘yinga osib qo‘yiladi. Oyoq suyagi singan bo`lsa, taхtakach bog‘lagandan so‘ng, bemorni to‘shakka yotqizib qo‘yiladi (Boshqa tadbirlar shifoxonada bajariladi). 4. Bosh suyagi singan bo`lsa, bemorning boshini baland qilib yotqiziladi, shu sohaga sovuq qo‘yiladi. Nafas olishi va yurak to‘xtagan bo‘lsa, sun’iy nafas beriladi va yurak massaj qilinadi. Yurak va nafas faoliyatini quvvatlovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) – 1 ml teri ostiga. 5. Pastki jag‘ suyagi singanda yugancha shaklida bog‘lam qo‘yiladi. 6.O‘mrov suyagi singanda qo‘lga taxtakach qo‘yib bog‘lanadi va bo‘yinga osib qo‘yiladi. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling