1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet9/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Qon aylanish tizimi. Yurak va qon tomirlari faoliyatlari tufayli qonning aylanishi bajariladi. Tomirlar tizimi ikkita katta va kichik qon aylanish doiralaridan iborat boʻladi. Kata qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan,qonni eng yirik qon tomiri-aortaga chiqarilishi bilan boshlanadi.Qon aortadan chiqib juda mayda kapillyar qon tomirlariga aylanib yurakning oʻng boʻlmachasiga kelib qoʻyilishi katta qon aylanish doirasi deyiladi. Katta qon aylanish doirasining vazifasi burun boʻshligʻi orqali tashqi muhitdan qabul qilingan xavoqon orqali barcha organ va toʻqimalarga tashilib, etkazilib beriladi yaʻni toʻqima va hujayralar kislorod bilan taʻminlanadi.Oʻz navbatida toʻqima va organlardagi moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻlgan zaharli,qoldiq gazlar katta qon aylanish doirasi orqali yurakning oʻng boʻlmasiga olib kelinadi.
Kichik qon aylanish doirasi –yurakning oʻng qorinchasidan boshlanib,oʻpka arteriyasi deb nomlanadigan qon tomiri orqali ikkala oʻpkaga boradi. Oʻpkada mayda qon tomirlari orqali zaxarli gazlar tashqariga chiqarib yuboriladi va kislorodga toʻyingan toza qon tomirlarga oʻtadi.Oʻpkada toza qonga aylangan qon oʻpka venalari nomli qon tomirlari orqali yurakning chap boʻlmasiga kelib quyiladi va shu tariqa qon aylanish tizimi tinimsiz ravishda tanada aylanib boraveradi.
Demak, qon aylanish doiralari organizmni qon bilan taʻminlab turadi. Qonning tomirlarda aylanayotganida albatta qon bosimiga ham eʻtibor berish lozim. Qon bosimi kattalarda yuqorisi 110-120 ga pastki chegarasi esa 80-70 ga tengdir. Bolalarda bu koʻrsatkich ham oʻz navbatida ancha past koʻrinishga ega boʻladi. Qon bosimi Karotkov yaratgan tanometr yordamida oʻlchanadi
.
Tayanch iboralar: qon yaratuvchi aʻzolar, suyak koʻmigi, taloq, ayrisimon bez, limfoid kompleks, qonning shaklli elementlari, immunitet, gemoliz, gipokeniziya, osmotik chidamlilik, aortalar, klapanlar, kovak venalar.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


1. Anatomiya nimani oʻrganadi?
2. Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bolib, u nimani oʻrganadi?
3. Organizm struktura va funksional birligi hujayradir deganda nimani tushunasiz?
4. Organlar va organlar sistemasi xaqida nima bilasiz?
5. Hujayra organoidlarini va ular bajaradigan vazifalarni aytib bering?
6. Yadroning tarkibi va asosiy vazifalari qanday?
7. Hujayraning kimyoviy tarkibi va ahamiyatini aytib bering?
8. Hujayraning hayotiy jarayonlari deganda nimalarni tushunasiz?
9. Toʻqmalar haqida maʻlumot bering?
10. Odam tanasida qanday organlar sistemalarini bilasiz?
11. Qon tizimi yoshga oid oʻzgarishlarga egami?
12. Qon aylanish tizimi xaqida tushincha bering?
13. Qon va qon yaratuvchi aʻzolarning fiziologik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
14. Bola qonining miqdori va funksiyalari. Qonning tarkibi haqida maʻlumot bering?
15. Bolalar yuragining yoshga oid xususiyatlari qanday?
16. Qon aylanish jarayonining doimiyligi organizmning hayotiyligini belgilovchi faktordirga nimalar kiradi?
17. Katta va kichik qon aylanish doirasi nima ketma-ketligini yozib chiqing?
18. Qon guruhlari va qon quyish haqida nima bilasiz?
MPKA 2021.Taklif va shikoyatlar uchun: dr.rahmatullayev@gmail.co

Sayt test rejimida faoliyat koʻrsatmoqda.



02.Harakat-tayanch tizimi. Yurak faoliyati_

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling