1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Suyak va muskullar funksiyasining vazifalari va ahamiyati


Download 360.06 Kb.
bet11/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Suyak va muskullar funksiyasining vazifalari va ahamiyati.


Gavda skeleti. Gavda skeleti umurtqalar pogʻonasi va kukrak qafasidan iborat buladi.
Umurtqa pogʻonasi. Odamning umurtqa pogʻonasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan boʻlib; unda 7 ta umurtqadan iborat boʻyin, 12 ta umurtqadan iborat koʻkrak, 5 ta umurtqadan iborat –bel, 5 ta umurtqadan iborat –dumgʻaza va 4-5 umurtqadan iborat –dum boʻlimlari farqlanadi. Voyaga yetgan odamlarda dumgʻaza umurtqalari bitta dumgʻaza suyagiga birikib ketishsa, dum umurtqalari – dum suyagiga birikadilar.
Umurtqa pogʻonasi tana uzunlgini 40 % ni egallaydi va tananing asosiy ustuni yoki tayanchi hisoblanadi. Umurtqalar teshigi orqa miya joylashadigan umurtqa pogʻonasi kanalini hosil qiladi. Umurtqalarning oʻsimtalariga muskullar kelib birikkan boʻladi.
Umurtqalar oraligʻida tolali togʻaylardan iborat boʻlgan umurtqalararo disklar joylashgan boʻlib, ular umurtqa pogonasini harakatchanligini taʻminlaydi. Yosh ulgʻayishi bilan disklarning balandligi oʻzgaradi.
Umurtqa pogʻonasining suyaklanish jarayoni homilaning rivojlanish davridayoq boshlanadi. Tugʻilganidan keyin yangi suyaklanish nuqtalari yuzaga keladi. Bolalar 14 yoshga yetgunicha faqat, tananing oʻrta qismlaridagi umurtqalar suyaklashib boʻladi. Boshqa qolgan umurtqalarning suyaklanishi 21-23 yoshga kelib tugaydi.
1,5 yoshgacha umurtqa pogʻonasi tekis oʻsadi, 1,5 dan 3 yoshgacha boʻyin va yuqorigi koʻkrak umurtkalarining oʻsishi nisbatan sekinlashadi, 10 yoshga kelib esa bel va koʻkrakning pastki umurtqalari jadal oʻsa boshlaydi.
Yangi tugʻilgan bolalarda umurtqa pogʻonasi toʻgʻri, voyaga yetgan odamlardagi kabi uning egilishlari boshlanadi va sekin-asta rivojlana boshlaydilar.
Eng avval boʻyin lordozi yuzaga keladi (old tomonga yoʻnalgan egiklik tufayli dumboqlik hosil boʻlishi) bu hayotning 6-7 haftasida yaʻni bola boshini tik ushlab turishini boshlaganda yuz beradi. Olti oylik yoshda, qachonki bola oʻtira boshlaganda koʻkrak kifozi hosil boʻladi. (ort tomonga yoʻnalgan doʻmboqlik -egiklik). Qachon bola tik turadigan va yuradigan boʻlgan vaqtda bel lardozi hosil boʻladi. Bel lardozi hosil boʻlishi bilan ogʻirlikni tushish markazi orqa tomonga oʻzgaradi va bola tik turganida uning yiqilishiga qarshilik koʻrsatadi.
Bir yoshga kelib umurtqa pogʻonasining barcha egikliklari mavjud boʻlib boʻladi. Lekin hosil boʻlgan egikliklar hali juda mustahkamlanmagan boʻlganligi sababli va muskulatura boʻshashgan paytga yuqoridagilar yoʻqoladi.
Yetti yoshga yetganda boʻyin va koʻkrak egikliklar aniq namoyon boʻlsa, bel egikligining fiksatsiyasi keyinroq yuz beradi (12-14 yil).
Umurtqa pogʻonasi ustunining egiklari odamning spesifik xususiyatlarini tashkil etadi va uning tanasining vertikal holatiga bogʻliq holda yuzaga keladi. Umurtqa pogʻonasining ustunidagi egiklar tufayli u prujinaga oʻxshash egiluvchan boʻladi. Yurgan, chopgan va sakragan paytdagi zarbalar va silkinishlar kuchsizlanadi va yoʻqotiladi, bu bilan miyani joyi oʻzgarishidan, qimirlashidan saqlaydi.
Umurtqa pogʻonasi ustunining bir tomonga qiyshayishi (skolioz) koʻpchilik holatlarda jismoniy jihatdan zaif boʻlgan bolalarda rivojlanadi, uzoq muddat stulda yoki partada notoʻgʻri oʻtirish natijasida ayniqsa yozish paytida, oʻquvchilar tanasining proporsiyalari oʻlchamiga mos kelmasligida yuz berishi mumkin.
Umurtqa pogʻonasining yonbosh tomonga qiyshayishi uning vertikal oʻqi atrofida aylanishi tufayli yuz berishi mumkin. Umurtqa pogʻonasining koʻkrak qismini qiyshayishidan keyin umurtqa pogʻonasining qobirgʻalar tutashgan joyidan qayrilishi yuz beradi. Bu esa koʻkrak hujayralarining deformasiyasiga olib keladi.
Shuni qayd qilish kerakki, agar dastlab skolioz uncha turgʻun boʻlmagan xarakterdagi defekt hisoblansa va agarda unga vaqtida eʻtibor berilsa, juda tez bolani oʻzi tomonidan yengilgina oʻz yechimini topishi mumkin. Aksincha, unga vaqtida eʻtibor berilmasa, ushbu defekt qad qomatning doimiy defekt sifatida qoladi, bu esa tananing muskullari va paylarida oʻzgarishlar chaqiradi va soʻngra bu oʻzgarish umurtqa pogʻonasi ustunida ham oʻzgarish chaqiradi.
Koʻkrak qafasi. Koʻkrak hujayralari koʻkrak boʻshligʻining suyakli asosini tashkil qiladi. U toʻsh suyagi, va orqa tomondan umurtqa pogʻonasi bilan tutashgan 12 juft qovurgʻalardan iborat koʻkrak qafasi yurak, oʻpka, jigarni himoya qiladi va nafas muskullarini hamda qoʻl muskullarini tutashgan joyi hisoblanadi.
Toʻsh suyagi –yalpoq yaxlit suyak boʻlib, dastasi (yuqorigi qismi), tanasi (oʻrta qismi) va qilichsimon oʻsimtadan iborat. Bu qismlar orasida togʻayli qatlamcha boʻlib, 30 yoshga yetgach suyaklanadi. Toʻsh suyagining boʻlimlarini bir-biriga yopishishi sekin-asta boradi, uning pastki qismini yopishishi 15-16 yoshda amalga oshsa, yuqorigi qismi 21-25 yoshda amalga oshadi. Qilichsimon oʻsimtaning suyaklanishi 30 yoshga kelib tugaydi.
Hayotning birinchi yilida koʻkrak qafasi xuddi voyaga yetgan odamlarning koʻkrak qafasi shaklini oladi. Voyaga yetgan odamlarda koʻkrak qafasi keng, kenglik oʻlchami bilan toʻsh suyagida ustunroq boʻladi, bu esa tananing vertikal holati bilan bogʻliq boʻladi, chunki ichki aʻzolar oʻz ogʻirligi bilan toʻsh suyagiga bosadi.
Koʻkrak qafasini shakli oʻzgaradi. Jismoniy mashqlar taʻsiri ostida u oʻzining kengligini va hajmini kattalashtirishi mumkin. Uzoq muddat davomida notoʻgʻri oʻtqazish, bola koʻkragi bilan stolga, parta qirralariga tiralib oʻtirishi natijasida koʻkrak qafasini deformatsiyaga uchrashini chaqiradi bu esa yurak, katta tomirlarni va oʻpkaning rivojlanishini buzilishini chaqiradi.
Qoʻl va oyoqlar skeleti. Yelkaning yuqorigi qismida ikkita yalpoq, uchburchak shaklidagi suyaklar-kuraklar joylashgan: ular umurtqa pogʻonasi ustuni va qobirgʻalar bilan muskullar yordamida bogʻlangan. Har bir koʻrak oʻmrov suyagi bilan tutashgan, oʻmrov suyagi esa oʻz navbatida tush suyagi va qobirgʻalar bilan tutashgan boʻladi. Kuraklar va oʻmrov suyaklari yuqorigi qoʻllar poyasini tashkil etadi.
Yuqorigi qoʻl va oyoqlarini erkin skeleti bilan tutashgan bilak va tirsak suyaklaridan iborat boʻlib, oʻz navbatida yelka va panja suyaklari bilan tutashgan boʻladi. Panja suyaklari tarkibiga mayda bilaguzuk suyaklari, beshta kaftning uzun suyaklari va barmoqlar panjalarining suyaklari kiradi.
Bilaguzukning suyaklari oʻzining qiyshiqligi bilan hovuch hosil boʻluvchi gumbaz hosil qiladi. Yangi tugʻilgan bolalarda ularning bilinar-bilinmas moʻljallari boʻlgan boʻlsa, sekin-asta rivojlanib faqat yetti yoshga kelib aniq koʻrinadigan boʻladi, va ularning suyaklanish jarayoni yana-da keyinroq muddatlarda tamom boʻladi (10-13 yoshlarda). Bu paytlarda barmoqlar suyaklarining suyaklanishi tamom boʻladi. Shu sababli kichik sinflarning bolalari tez yozish imkoniga ega emas.
Oʻzining xizmat funksiyasiga qarab odamlarning 1-barmogʻi muhim ahamiyatga ega. U juda harakatlanish xususiyatiga ega boʻlib, boshqa barcha barmoqlardan ustun turadi.
Doimiy ravishdagi fiziologik yuklamalar yoki juda yoshlikdan muzika asboblarda oʻynash, barmoqlar suyaklarini suyaklanish jarayonini biroz toʻxtatib turadi, bu esa ularning uzayishiga olib keladi (musiqachilar barmoqlari).
Pastki yoki oyoqlarning kamari dumgʻaza va unga harakatsiz holda birikkan ikkita chanoq suyaklaridan iborat boʻladi. Yangi tugʻilgan bolalarda har bir chanoq suyagi uchta suyakdan iborat boʻladi, ularning birikishi 5-6 yoshdan boshlanadi va 17-18 yoshlarga kelib, ular bir-biri bilan toʻliq birikib ketadi. Oʻsmirlik yoshida dumgʻaza umurtqalarining sekin-asta birikishi natijasida dumgʻaza suyagi hosil boʻladi. Baland tavonli tufli kiygan qizlar katta balandlikdan keskin sakrasa hali yaxshi birikmagan chanoq suyaklari notoʻgʻri birikishiga olib keladi, bu esa oqibatda kichik tos suyaklari orqali tugʻish paytida bolaning chiqishini qiyinlashtiradi.
Toʻqqiz yoshdan keyin tos suyagining qiz va oʻgʻil bolalardagi shaklining oʻzgarishi yuz beradi, oʻgʻil bolalarda tos ancha baland va qizlarnikiga nisbatan tor boʻladi.
Tos suyaklari aylana chanoq suyaklarida ega boʻlib oyoqning son suyagining boshi unga kirib turadi.
Orqa oyoqlarning erkin skeleti son suyagidan, ikkita boldir –katta va kichik boldir suyaklaridan hamda kaft suyagidan iboratdir. Oyoq kafti tovon oldi, tovon va kaft barmoqlari suyaklaridan tashkil topgan.
Son suyagi –odamning eng katta va uzun suyagidir. Odamning oyogʻi kafti, tovon suyagiga va tovonni oldingi qismlariga (kaftni oldingi qismiga) tayanadigan gumbaz hosil qiladi. Kaftning boʻyiga va eniga yoʻnalgan gumbazlari farqlanadi. Kaftning uzunasiga joylashgan gumbazi faqat odamlarga xos boʻlib, uning shakllanishi uning tik yurishi bilan bogʻliq.
Kaft gumbazi boʻylab tananing ogʻirligi bir tekis tarqaladi, qaysiki ogʻir yuklarni koʻtarib tashishda katta ahamiyatga ega. Gumbaz ammortizator singari taʻsir koʻrsatadi va u yurgan paytda tananing silkinishini yumshatadi.
Yangi tugʻilgan bolada oyoqlar kafti gumbazi aniq boʻlmaydi, u keyin yaʻni bola yura boshlaganidan keyin shakllanadi.
Oyoq kaftlarining gumbazsimon joylanishi juda katta miqdordagi mustahkam bugʻun bogʻlarning ushlab turishi tufayli taʻminlanadi. Uzoq muddat tik turish va utirish, ogir yuklarni tashishi, tor tuflilar kiygan paytda bogʻlar choʻziladi, bu esa kaftni zichlanishiga olib keladi. Bu vaqtda oyoq kaftlarini yalpoklanishi xakida gap yuritishi mumkin. Raxit bilan kasallanish ham, yalpoq kaftlilikni rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Oyoq kaftlari holatiga doimiy ravishda bolalarning issiq xonalarda boʻlishi va doimimy ravishda yumshoq tagli poyafzal kiyishi ham noqulay taʻsir koʻrsatadi, chunki u kaft muskullarini zaiflashtirib yuboradi.
Oyoq kaftlari yalpoqlanganda qadni tutish ham buziladi, qon bilan taʻminlanishni yomonlashishi natijasida oyoqlarning juda tez charchashi kuzatiladi, koʻpchilik holatlarda ogʻriq yoki zirqirashlar, ayrim paytlarda esa muskullarni tortishib qolish hollari ham yuz beradi.
Oyoq kaftlarini yalpoqlanib qolishini oldini olish uchun notekis joylarda yalang oyoq boʻlib yurish, qumda yurish tavsiya qilinadi, chunki oyoq kaftlari gumbazini mustahkamlanishini taʻminlaydi. Oyoq muskullari uchun mashqlar, ayniqsa kaft muskullari uchun oyoq uchida va tovon bilan yurish, uzunlikga va balandlikga sakrash, yugurish, futbol, oʻynash, voleybol va basketbol oʻynash, suzish oyoq kaftlarini yalpoklanishini oldini oladi.
Miya qutisi. Miya qutisi – bu boshning skeleti. Miya qutisining ikkita boʻlimi farqlanadi. Miya yoki quti va yon tomon yoki yuz suyaklari. Miya qutisi bosh miya joylashgan joy hisoblanadi.
Bosh skeletining miya boʻlimi tarkibiga juft boʻlmagan (ensa, qilichsimon, peshona va tursimon) va juft (tepa va chakka) suyaklar kiradi. Qilichsimon va toʻrsimon suyaklar miya va yuz qismlari chegarasida joylashgan. Bosh suyagining barcha suyaklari harakatlanmaydigan holda birikkan. Chakka suyagining ichida eshitish organi joylashgan boʻlib, unga keng eshitish teshigi kiradi. Ensa suyagini katta teshigi orqali miya qutisi umurtqalar kanali bilan tutashadi.
Bosh suyagining yuz boʻlimida koʻplab suyaklar juft boʻladi. Yuqorigi jagʻ, burun, yosh, yonoq, tanglay va pastki burun rakovinalar. Uchta, juft boʻlmagan suyaklar soshnik, pastki jagʻ va til osti suyaklari. Pastki jagʻ – bosh suyagidagi yagona harakatlanadigan suyakdir.Bolalarning yosh paytlarida bosh suyagining miya qismi, yuz qismiga nisbatan ancha rivojlangan boʻladi. Bosh suyaklari hayotning birinchi yilida juda jadal rivojlanadi. Bolani 13-14 yoshidan boshlab yuz boʻlimi ancha tez rivojlanadi va miya boʻlimidan ustun boʻladi. Yangi tugʻilgan bolada miya qutisining hajmi yuz suyagi hajmidan 8-marta katta boʻlsa, voyaga yetgan odamlarda 2-2,5-marta katta boʻladi.
Yangi tugʻilgan bolalarning bosh suyaklari bir-biri bilan biriktiruvchi toʻqimali yupqa parda bilan tutashgan boʻladi. Bu pardalarni soni bir necha suyaklar birikkan joyda yana-da koʻproq boʻladi. Bu –liqildoqdir.
Liqildoq har bir tepa suyaklarining burchaklari boʻylab joylashgan boʻlib, juft boʻlmagan peshona va jagʻ hamda juft oldingi yonbosh va keyingi yonbosh liqildoqlarni hosil qiladi. Liqildoq tufayli bosh suyagining ustki qismi oʻzining qirralari bilan bir-biriga kirib turadi. Bunday holatda boʻlgan bosh suyagi bola tugʻilgan paytida uni tugʻish yoʻllari orqali oʻtishida muhim ahamiyatga ega(17-rasm)
Kichik liqildoqchalar 2-3 oylikga borgach bitadi, ayniqsa peshonaning liqildogʻi juda yengil paypaslanadi va faqat bir yarim yashar boʻlgan paytdagina bitadi.
Muskullarning asosiy guruhlari. Bosh va boʻyin muskullari. Bosh muskullari ikki guruhga boʻlinadi: bosh skeleti gumbazining muskullari va yuz muskullari.
Bosh skeleti muskullari oldinda ikkita peshona, orqada esa ikkita ensa muskullaridan tashkil topgan. Ensa va peshona muskullari tolalarining qisqarishi peshonada gorizontal burmalar paydo boʻlishiga, qoshlaming koʻtarilishiga sabab boʻladi va ayrim hollarda bosh terisini harkatga keltiradi.
Yuz muskullari mimika va chaynov muskullariga boʻlinadi. Mimika muskullari qisqargan paytda yuz ifodasini oʻzgartirsa, chaynov muskullari
ovqatni chaynash va gaplashish vaqtida pastki jagʻni harakatga keltiradi.
Boʻyin sohasida bir talay muskullar bor. Bular xilma-xil funksiyalarni ado etadi. Boshni biror tomonga burganda eng katta muskul - to ʻsh-oʻmrov
soʻrg ʻichsimon muskul boʻyin terisi ostidan hammadan aniq koʻrinib turadi.
Gavda muskullari. Bular orqa va koʻkrak muskullariga boʻlinadi. Orqa muskullari oʻz navbatida yana chuqur va yuza muskullarga boʻlinadi. Orqaning yuza muskullaridan koʻpchihgi teri ostida yotadigan yassi va serbar muskullardan iboratdir. Trapetsiyasimon muskul, orqaning eng serbar muskuli, kurakni koʻtariidigan muskul va bir qancha boshqa muskullar shular jumlasiga kiradi.
Orqaning chuqur muskullari uning oʻz muskullaridan, shuningdek qovurgʻalarni koʻtamvchi muskuUardan iborat. Bundan tashqari, boʻyinda boshni orqaga yoki chap va oʻng tomonga bimshda ishtirok etadigan muskullar bor. Bularning hammasi yuza muskullar tagida yotadi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling