1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha
Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari
Download 360.06 Kb.
|
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h
Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlariHarakat tezligida muskullar qisqarishining yashirin davri katta ahamiyatga ega. 7-8 yashar bolalarda oddiy harakat refleksining yashirin davri 11-12 yashar bolalardagiga nisbatan yuqori. Bola jiisiy balogʻatga, yaʻni 14-15 yoshga yetganda muskullar chidamliligi kamayadi, harakat faolligi esa 35% ortadi. Qizlar bir kecha-kunduzda oʻgʻil bolalarga qaraganda kam harakat qiladi. Bahor, kuz oylariga qaraganda qishda faollik 30-45% kamayadi. Bola maktabga borganda harakat faolligi ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham tashkiliy ravishda bolalarni albatta jismoniy mashqlar bilan shugʻullantirish zarur. Jismoniy tarbiya darslari bir kunlik harakat faolligini 11% qondiradi, xolos. Fizkultura daqiqalari 1-2 sinf oʻquvchilarida darsning 15-17 daqiqasida, 3-4 sinflarda 20 daqiqasida oʻtkazilsa yaxshi boʻladi. Uyda dars tayyorlaganda har 30-40 daqiqada fizkultura qilish. 1-2 sinfda uchinchi darsdan keyin harakatli oʻyinlar 0ʻynagan maʻqul. Qoʻl panjasi muskullari oyoq muskullariga qaraganda vaqtliroq rivojlanadi. 8 yoshda qoʻl panjasi muskullari juda tez harakatlarni bajara boshlaydi. Boʻgʻimlarda muskul harakatlari tezligi 12-13 yoshdan ortadi. Muskul harakatlari tezligining ortib borishi nerv sistemasining labilligiga, q o ʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari almashinishning oʻzaro aloqadorligiga va nerv jarayonlarining harakatchanligiga bogʻliq. Tolalari uzun parallel boʻlgan muskullar patsimon va yelpigʻichsimon muskullarga nisbatan uygʻunlashgan nozik harakatlar qiladi va tezroq qisqaradi. 7-8 yashar bolalarda muskullar qisqa muddat ichida nozik harakatlarni chaqqon bajara olmaydi. Chaqqonlik bolada asta-sekin hosil boʻladi va yosh kattalashishi bilan ortib boradi. Aniq, uygʻunlashgan nozik harakatlar qilish koʻnikma hosil boʻlishiga bogʻliq. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi omillardan hisoblanadi. Jismoniy mashq bilan shugʻullangan odamlarda deyarli barcha guruhdagi muskullarning harakat tezUgi yuqori darajada boʻladi. 20-30 yoshlarda muskullar qisqarishining yashirin davri juda qisqaradi. 6 yoshdan soʻng uzayadi va harakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi muskullar tezkorligi oʻng tomondagilarga qaraganda yuqori boʻladi. 7 yoshdan 16 yoshgacha harakat surʻati 1,5-marta ortadi. Bolalarda chaqqonlik rivojlanishining 3 bosqichi kuzatiladi. Birinchi bosqichi harakatlarning fazoda aniq boʻlishi, ikkinchisi turli vaqtlarda bajarilgan harakatlarning aniqligi va uchinchisi harakat davomida tasodifiy harakatlarga javob tezHgi bilan ifodalanadi. Qoʻllar harakatidagi aniqlik va chaqqonlik, qoʻllarning kichik burchak, hosil qihb harakatlanishi yosh sayin ortib boradi. Chidamlilik maʻlum guruh muskullar ish qobiliyatining uzoqroq saqlanib turishi, yaʻni charchashga qarshilik koʻrsatish xususiyatidan iborat. Chidamlilik ichki organlar, ayniqsa yurak-qon tomir va nafas olish sistemalari xususiyatiga bogʻliq. Organizmning chidamliligi bajariladigan ishning tabiatiga va jadalligiga qarab oʻzgarib turadi. Ish qanchalik tez bajarilsa, chidamlihk shuncha kam boʻladi. Ish jadalligi ikki marta ortganda chidamlilik 100-martagacha kamayishi mumkin. Yosh ortgan sayin chidamlilik ortib boradi, lekin u bir tekisda boʻlmaydi. 8-10 yashar qiz va oʻgʻil bolalarning chidamuHgi bir xil boʻladi. 12-15 yoshda ayniqsa oʻgʻil bolalarda ortadi. 14 yashar bolalarning chidamliligi katta odamnikiga nisbatan 70% ni, 16 yoshda 80% ni tashkil etadi. Shunday qilib, bolalarda 8 yoshdan 11-12 yoshgacha yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va harakat sifatlari (tezkorlik, chaqqonlik, kuchlilik,chidamlilik) rivojlanishda davom etadi. 12 yoshdan 16 yoshgacha tik turish va yurishni ta ʻminlovchi skelet muskullari ancha tez rivojlanadi. 14-16 yoshda muskullar bilan birga boʻgʻim, bogʻlam apparati rivojlanib boradi. Download 360.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling