1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Ovqat hazm qilishning ahamiyati va hazm organlari gigiyenasi


Download 360.06 Kb.
bet21/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Ovqat hazm qilishning ahamiyati va hazm organlari gigiyenasi
Maʻlumki, ovqatlar bilan birga organizm oqsillar, yogʻlar va uglevodlar kabi murakkab organik moddalarni oladi. Bu moddalar organizm tomonidan oʻsish jarayonida va muddatini oʻtab boʻlgan hujayralarni oʻrniga yangilarini hosil boʻlishida qurilish materiali sifatida foydalaniladi.
Ovqat hazm qilish jarayoni deb- oziq moddalarni fizik va kimyoviy qayta ishlanishi va ularni oshqozon-ichaklar tizimidan surilishi, qon bilan tashilishi, organizm tomonidan oʻzlashtirilishi mumkin boʻlgan oddiy va eruvchan birikmalarga aylanish jarayoniga aytiladi.
Ovqat hazm qilish organlari kasallanmasligi uchun gigiena qoidalariga amal qilish kerak boʻladi. Avvalo har bir bolani yoshligidan tishlarini toza tutishga oʻrgatish lozim. Chunki sogʻlom tishlar salomatlik garovidir. Undan tashqari xar bir yoshlarimiz kundalik xayotida toʻgʻri va rejali asosda ovqatlanishlari lozim. Toʻgʻri va vaqtida ovqatlanmaslik oqibatida xozirda yoshlarimiz orasida oshqozon-ichaklarning yalligʻlanishi, oshqozon va ichaklarda yara hosil boʻlishi, ichburugʻ, terlama, yuqumli sariq kasalligi kabi kasalliklar koʻpayib bormoqda. Oʻz navbatida tamaki, nos chekish va spirtli ichimliklarni qabul qilish xam ovqat hazm qilish organlarida bir qancha ogʻir kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda.
Ovqatlanish - energiya sarfini qoplash, hujayralar va toʻqimalarni tuzish va yangilash, organizm funksiyalarini idora qilish uchun organizmga zarur oziq-ovqat moddalarning kirishi, hazm bolishi, so ʻrilishi va singishi jarayonlarining yigindisidir. Almashinuv jarayonlariga hazm yollarida singigandan keyin soʻrilgan ovqatning tarkibiy qismlarigina qoʻshilishi mumkin. Zarur miqdordagi oqsillar, yogiar, uglevodlar, vitaminlar, biogen moddalar va suv kerakli nisbatda organizmga kiritilgan taqdirdagina ovqatlanish organizmning normal hayot faoliyatini taʻminlaydi. Bolalarda moddalar almashinuvi murakkab jarayon bolib, uning oʻzgarishi organizmda bir vaqtda bir-biriga qarama-qarshi boladi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling