1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Download 360.06 Kb.
bet22/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Assimilyatsiya organizmdagi sintezga bogliq bo'lgan barcha hodisalarni birlashtirib, oʻsish va rivojlanish, organizmni hayot uchun zarur bolgan moddalar bilan taʻminlash va ularni sarflash bilan ifodalanadi.
Dissimilyatsiya moddalarning parchalanishi va oksidlanishi, hamda ularni organizmdan ajratib chiqaruvchi jarayondir. Assimilyatsiya jarayoni organizmdagi oʻsish va rivojlanish qonunlarini ifodalaydi. Masalan, bolalik davrida oqsilga bolgan talab katta yoshdagi organizmga nisbatan koʻproq boladi. Bolalarda asosiy moddalar almashinuvi miqdori kattalarga nisbatan 1,5-2 barobar koʻpdir.
Oqsillarning ahamiyati. Bolalar uchun oqsillar eng katta ahamiyatga ega. Oqsil inson oziqasidagi asosiy qism boʻlib, organizmning plastic funksiyasi va quvvatini oshiradi. Oqsil hujayraning asosiy tarkibiy qismini va hujayralararo tizimini tashkil qiladi. Oqsil umumiy tana ogʻirligining 16-17% ini tashkil qilishi, quruvchi qism sifatida uning ahamiyati birinchi darajali ekanligini koʻrsatadi. Asosiy hayotiy jarayonlar oqsil bilan bogʻliq boʻlib, ular organizmning koʻpayish va oʻsish qobiliyati, sezuvchanlik, moddalar almashinuvi, qisqarish harakatining turli koʻrinishi va bir qancha faoliyatiga egadir.
Oqsil katalizator-tezlashtiruvchi vazifasini bajaradi. Oqsil bolalar organizmida immunitet hosil boʻlishida qatnashadi. DNK va RNK tarkibi oqsil molekulalaridan tuzilgandir. Oqsil moddalar energiyasi sarflanishi jarayonida ham qatnashadi. Bolalar va oʻsmirlarda oqsil yetishmasligi jismoniy rivojlanishda funksional oʻzgarishlarga olib keladi. Oziqa mahsulotlarida oqsilni Tejam miqdorda isteʻmol qilish natijasida elimentar distrofiya va boshqa kasalliklar ham uchrashi mumkin. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar (ayniqsa organizm sintez qilishi mumkin boʻlmagan aminokislotalar) soniga qarab, biologik qiymat qoʻyiladi. Bolalar ovqatida aminokislotalarni notoʻgʻri muvozanatlash, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalarning biror-bir taʻsirining yetishmasligi organism rivojlanishiga salbiy natija berishi mumkin. Hozircha oziq-ovqatlarda 20 xil aminokislotalar uchraydi. Aminokislotalarning biologik qiymatini belgilovchi mezon – bu ulaming bir kompleksda boʻlishi va ularsiz organizmda oqsil sintezi boʻlishi mumkin emasligidadir. Aminokislotalarning yetishmasligi yoki boʻlmasligi, oʻsishdan qolish, jismoniy zaiflikka olib keladi, shu bilan birga kamqonlik, ichki bezlarning ishi buzilishiga sabab boʻladi. Masalan, organizmda lizinning yetishmasligi - suyakning kalsiy bilan taʻminlanishining, azot muvozanatining buzilishiga, gemoglobin miqdorining kamayishiga, qon hosil boʻlishining buzilishiga olib keladi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling