Yogʻlarning ahamiyati. Yogʻlar oqsil singari asosiy oziqa moddadir, ammo uning quvvati oqsildan 2,5-marta kuchlidir. Yog ʻorganizmning mehnat faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishida katta ahamiyatga ega. 1 g yogʻ quvvati 9,3 kkal ga teng keladi, 1 g oqsil va 1 g karbonsuv faqat 4,1 kkal kuchga ega. Yegʻlar hujayralar tarkibiga kiradi. Hujayra funksiyasida yogʻning ahamiyati katta. U moddalar almashinuvida qatnashib, oqsil, mineral moddalar va vitaminlarning organizmga singishiga yordam beradi. Yogʻ tarkibiga fiziologik ahamiyati yuqori boʻlgan fosfatlardir, ularga toʻyinmagan yogʻ kislotalari kiradi. Yogʻ bilan birga organizm yogʻda eriydigan vitaminlar bilan taʻminlanadi. Nerv toʻqimasi va bosh miya yarim sharlarida fosfatidlaming koʻpligi aniqlangan.
Uglevodlarning ahamiyati. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati ularning energetik xususiyati bilan aniqlanadi. Har qanday fiziologik holatda uglevodlarga boʻlgan ehtiyoj koʻproq. Uglevodlar hujayra va toʻqima tarkibida boʻlib, plastik va kuch rolini bajaradi. Hujayralar va toʻqimalararo moddalar murakkab uglevodlardan iborat. Miya yarim sharlarining toʻgʻri vazifa bajarishi, muskul ishi, jigar va buyrakda boruvchi murakkab reaksiyalar uglevodlar hisobiga amalga oshadi. Qisqa vaqt ichida oz miqdorda qon tarkibidagi glyukoza miqdorining oʻzgarishi nerv tizimiga bog'liq boʻlgan organizmdagi bir qancha funksiyali buzilish bilan namoyon boʻladi. Uglevodlar organizmda turli koʻrinishda oddiy monosaxaridlar, disaxarid, polisaxarid, erkin holatda, qolaversa lipid, mikroelementlar va oqsillar bilan murakkab komplekslar hosil qilgan holda uchraydi.
Uglevodlar jigar va muskullarda glikogen holida toʻplam hosil qiladi. Glikogen polisaxaridlarga kiradi. Disaxaridlar va polisaxaridlar ichakda monosaxaridlarning oddiy birikmalariga qadar parchalanadi va qonga soʻriladi. Ular darvoza vena boʻylab jigarga tushadi, bu yerga glukozadan glikogenga sintezlanadi va oqibat-natijada moddalar almashinuvida qatnashadi. Bir kunda sarflangan energiyaning yarmidan koʻpi uglevodlar hisobiga qoplanadi. Organizm uglevodlarga ayniqsa muskul ishi paytida ehtiyoj sezadi. Uglevodlar tana, yurak muskuli, shuningdek samarali aqliy mehnat uchun zarur boʻladi. Ovqatlanish to ʻgʻri tashkil qilinganda sutka mobaynida oʻsmir 438-500 gramm uglevod olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |