1-mavzu: Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi haqida tushuncha


Endokrin tizimi va uning ahamiyati


Download 360.06 Kb.
bet31/57
Sana15.06.2023
Hajmi360.06 Kb.
#1486181
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
Bog'liq
1-mavzu Tibbiy bilim asoslari faniga kirish va odam organizmi h

Endokrin tizimi va uning ahamiyati.


Organizm faoliyati asosan nerv tizimi orqah boshqarihb qohnasdan, bundan tashqari gumoral yoʻl bilan ham boshqarilishi qadim zamonlardan maʻlum bolgan. Organizm hayot faoliyatida hosil bolgan kimyoviy moddalar qon tomirlariga va hujayra suyuqligiga tushadi. Hujayra suyuqligiga tushgan kimyoviy moddalar organlar faoliyatiga taʻsir etib, ularni oʻzaro munosabatlarini taʻminlaydi. Odam va hayvon organizmi koʻp sondagi turli xil organlardan tashkil topgan boʻlib, ammo bu organlar hayron qolarli darajada, bir-biri bilan kelishilgan holda ishlaydi. Ana shunday organizm qismlarining ajoyib munosabatda boʻlib ishlashi natijasida organizm bir butun boʻlib tashqi muhitning oʻzgaruvchan yashash sharoitiga moslashadi. Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini taʻminlovchi murakkab boshqarish tizimi, uning ichki hayoti va tashqi muhitdagi xulq-atvoriga bogʻliqdir. Evolyutsiya jarayonida, shunday oʻziga xos organlar tizimi hosil boʻldiki, bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan boʻlib, hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. Ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlardan ishlanib chiqqan suyuqlik qonga quyiladi. Ular gormon ishlab chiqaradi. Ichki sekretsiya bezlariga qalqonsimon, qalqonsimon bez atrofidagi bezchalar, ayrisimon bez, meʻda osti bezi, buyrak usti bezlari, gipofiz, epifiz va jinsiy bezlar kiradi. Meʻda osti, jinsiy bezlar aralash bezlar hisoblanadi, chunki ular ham gormon, ham sekretsiya ishlab chiqaradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari ham hayvonot olamining evolyutsion taraqqiyoti mahsuli boʻlib, dastavval qurtlarda, yumshoq tanlilarda asta-sekin rivojlangan va takomillashgan. Umurtqali hayvonlarda, asosan insonlarda esa ichki sekretsiya bezlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Ichki sekretsiya haqidagi tushuncha birinctó marta fiziologiyaga Klod Bernar tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855-yilda maxsus tekshiruv oʻtkazib, jigarning ovqat hazm qilish organlariga oʻt suyuqligi va qonga glikogen chiqarishini aniqlagan. Shunday qilib, organizmda tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya jarayonlari ham borligini isbot etgan va oʻz sekretlarini organizm ichiga chiqarib beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan. Bu soʻz grekcha endo - ichki va krino - ajratish, chiqarish soʻzlaridg.n ohngan. Ichki sekretsiya bezlarining chiqarish yoʻllari boʻlmaydi. Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv tizimining faoliyatiga bogʻliq boʻlib, bosh miya poʻstlogʻining idora qiluvchi, hamda nazorat etuvchi roliga boʻynsunadi.

Download 360.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling